Новости законодательства
Yevropa davlatlari Janubiy Osetiya bo‘yicha Rossiyani ogohlantirdi.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya Rossiyaning Abxaziya va Janubiy Osetiyadagi harbiy ishtiroki xalqaro huquq normalariga zid ekanini bildirib, Moskva Janubiy Osetiyani to‘liq anneksiya qilishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Qo‘shma bayonot Rossiya–Gurjiston urushi boshlanganining 18 yilligi munosabati bilan e’lon qilindi..
Риэлторлик хизматларини кўрсатиш тартиби белгиланди
Риэлторлик фаолиятини тартибга солувчи янги қонун қабул қилинди. Унда риэлторлик ташкилотлари ва кўчмас мулк бўйича агентларнинг ваколатлари, мижозларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари, хизмат кўрсатиш шартномаларига қўйиладиган талаблар ҳамда кўчмас мулк бўйича ахборот олиш тартиби белгиланди.
Senat Prezident administratsiyasi haqidagi qonunni tasdiqladi.
Oliy Majlis Senati «O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunni ma’qulladi. Hujjat Prezident administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, vakolatlari va davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rnini qonun darajasida belgilaydi..
Avtomobil yo‘llari uchun yangi qonun: nimalar o‘zgaradi?.
O‘zbekistonda «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi. Hujjat avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni kompleks tartibga solish, sohadagi vakolatlarni aniq belgilash hamda yo‘l infratuzilmasini boshqarishning yangi huquqiy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi..
Ko‘chmas mulk bozori uchun yangi huquqiy mexanizmlar joriy etildi.
O‘zbekistonda rieltorlik faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, rieltorlar faoliyati, ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlar ishi, Yagona reyestr va multilisting tizimi kabi yangi huquqiy mexanizmlar joriy etiladi..
AQSh Senati Rossiyaga qarshi keskin sanksiyalarni ma’qulladi.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh Senati tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullanganini olqishladi. Hujjat Rossiyaning energetikadan tushadigan daromadlarini cheklash, «soya floti»ga qarshi choralarni kuchaytirish hamda Moskvaga iqtisodiy bosimni oshirishni nazarda tutadi..
Ispaniya Italiya bilan chegara nazoratini vaqtincha tiklaydi.
Ispaniya 8-avgustdan boshlab Italiyadan keluvchi yo‘lovchilar uchun portlar va aeroportlarda vaqtinchalik chegara nazoratini joriy etadi. Bu qaror Italiya bilan noqonuniy migratsiya masalasida yuzaga kelgan kelishmovchilik ortidan qabul qilindi va dastlab 7 sentyabrga qadar amal qiladi..
Buxoroda o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Buxoro viloyatida fuqaroni tibbiyot yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 26 million so‘m olgan shaxs tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi. Unga nisbatan firibgarlik va pora berishga dalolat qilish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi..
Ўзбекистон Республикасида коррупцияга қарши курашиш тўғрисидаги миллий маъруза ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг қарори СҚ-341-V-сон. Қабул қилинган сана 08.08.2026. Кучга кириш санаси 08.08.2026
I ёки II гуруҳ ногиронлиги бор шахсларга пенсияни фуқаро мурожаатисиз тайинлаш йўлга қўйилади
Сенатнинг навбатдаги ялпи мажлисида «Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида»ги Қонунга пенсия тайинлаш тартибини янада такомиллаштиришга қаратилган ўзгартиришлар ва қўшимча киритиш ҳақидаги қонун маъқулланди.Ҳужжат ногиронлиги бўлган шахсларнинг пенсия соҳасидаги ҳуқуқ ва манфаатлари ҳимоясини янада мустаҳкамлаш мақсадларини назарда тутади.Қонун билан фуқарога I ёки...
Показано 1511–1520 из 2852