Новости законодательства
«Grem sanksiyalari» AQSh Senatida keng qo‘llab-quvvatlandi.
AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi yangi sanksiyalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni davom ettirishni ma’qulladi. Hujjatga senator Lindsi Grem hammualliflik qilgan bo‘lib, u Rossiyadan import qilinadigan tovarlarga 500 foizlik boj joriy etish hamda Rossiyaning energetika mahsulotlarini sotib oladigan davlatlarga nisbatan yuqori tariflar qo‘llash imkonini beradi..
Senat Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
AQSh Senatida respublikachi va demokrat senatorlar Rossiya va Eronga qarshi yangi sanksiyalar haqidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Hujjat qabul qilinsa, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya nefti, gazi va uranini xarid qiluvchi davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 100 foizgacha tarif joriy etish huquqiga ega bo‘ladi..
O‘zbekistonda har yili “Suvni tejash oyligi” o‘tkaziladi.
Prezident farmoniga muvofiq, endi har yili mart oyida mamlakat bo‘ylab “Suvni tejash oyligi” o‘tkazilib, aholi o‘rtasida suvni tejash va undan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi..
Sanepidqo‘mita tizimidagi korrupsiya holatlariga chek qo‘yildi.
Sirdaryo, Samarqand, Xorazm va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimi xodimlarining pora olish va firibgarlik bilan bog‘liq bir qator korrupsiyaviy holatlari fosh etildi. Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda..
Suv ta’minoti sohasida yangi tartiblar joriy etiladi.
Prezidentning “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, suv ta’minoti sohasida raqamlashtirish, tarif siyosatini takomillashtirish va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar bosqichma-bosqich joriy etiladi..
Intellektual mulk huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar yangilandi.
Adliya vazirligi intellektual mulk ob’yektlariga beriladigan patent va guvohnomalarning yangi shakllarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Yangi hujjatlar intellektual mulk huquqlarini rasmiy tasdiqlash va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi..
Суд ҳужжатлари ижроси сўзсиз таъминланмоқда
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 29 майдаги тегишли фармонига мувофиқ Бош прокуратура ҳузурида Мажбурий ижро бюроси ташкил этилди. Қисқа вақт ичида мазкур тизим суд ҳужжатлари ва бошқа органлар қарорларининг сўзсиз ижросини таъминлаш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш борасида самарали фаолият юритиб келмоқда.
Судья ва ёшлар учрашуви
Хоразм вилоятининг Янгиариқ тумани судида “Очиқ эшиклар куни” тадбири ташкил этилди.
БМТ олий комиссари Исроилнинг Ливандаги ҳаракатларини танқид қилди
БМТнинг Инсон ҳуқуқлари бўйича олий комиссари Фолькер Туркнинг айтишича, Исроил Ливаннинг жанубий қисмидаги улкан ҳудудларни босиб олишга чек қўйиши ва уйларни бузишни тўхтатиши керак, деб хабар беради NBC News.
Марказий тергов ҳибсхонасида янги, замонавий тартибот биноси фойдаланишга топширилди
Мамлакатимизда жазони ижро этиш тизимини ислоҳ қилиш, ушбу соҳада инсон ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш, маҳкум ҳамда қамоқда сақланаётган шахслар учун муносиб шарт-шароитлар яратиш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланган.
Показано 1981–1990 из 2614