Qonunchilik yangiliklari
Uch kun 12 soatdan ish, qolgan kunlar dam: Mers moslashuvchan ish tartibini qoʻlladi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers haftasiga uch kun 12 soatdan ishlab, qolgan kunlari dam olish modelining afzalliklarini taʼkidladi. U ish vaqtining maksimal chegarasini kunlik emas, haftalik hisobda belgilashga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlashni tezlashtirish tarafdori..
Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxoʻjayevni kuzatish marosimi oʻtkazildi
Prezident farmoniga muvofiq, mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan general-mayor Botir Qudratxoʻjayevni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, soha faxriylari va tarkibiy xizmatlar rahbarlari ishtirok etdi. Marosimda Botir Qudratxoʻjayevning ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi lavozimidagi faoliyati...
Kitobxonlik tanlovida yuqori natija koʻrsatgan askarlar bir oy erta qaytishi mumkin.
Oʻzbekistonda respublika kitobxonlik tanlovida yuqori natijalarga erishgan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddatini bir oyga qisqartirish taklif etilmoqda. Ushbu normani nazarda tutuvchi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda qabul qilindi..
V Gulistane obnarujili narkolaboratoriyu s pochti 6 kg pregabalina
V Gulistane pravooxraniteli vыyavili predpolagayemuyu narkolaboratoriyu i zaderjali trex chelovek. V kvartire izʼyali pochti 5,9 kg pregabalina, 100 tыsyach pustыx kapsul i oborudovaniye.
Toshkent atrofidagi issiqxonalar koʻmirda isitishni saqlab qolmoqchi. Filtrlar hozircha normalarga mos kelmayapti
Toshkentda ekologik xavfsiz isitish tizimlariga ega boʻlmagan issiqxonalar faoliyatiga qoʻyilgan taqiq saqlanib qoladi, deya maʼlum qildi Ekoqoʻmita. Tadbirkorlar yangicha filtrlardan foydalanib koʻmir ishlatishga ruxsat berishni taklif qildi, biroq dastlabki sinovlar normativlarga mosmasligini koʻrsatdi.
Saxalinda yaponiyalik jurnalist qoʻlga olindi.
FSB «Hokkaydo Shimbun» muxbiri Imai Yukini josuslikda ayblamoqda – goʻyoki u Kuril orollaridan safarbar qilinganlar haqida maʼlumot toʻplagan. U Moskvaga olib kelingan va sud uni hibsga olish haqida qaror chiqargan..
Oʻzbekistonda hokimlarga 2027 yilda 3,7 mln gektar yaylovni qayta tiklash topshirildi
Prezident hokimlarga yil yakunigacha 620 ming gektar, kelgusi yilda 3,7 mln gektar yaylovni qayta tiklash va hosildorligini oshirish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, yil yakunigacha 470 ta mahallaga 627 ming gektar yaylov 49 yilga bepul ijaraga beriladi. Ushbu maydonlar soliqdan ozod qilinadi.
Rossiyadan uchib ketish arafasida yapon jurnalisti josuslik gumoni bilan ushlandi.
Rossiyaning Saxalin viloyatida Yaponiyaning Hokkaido Shimbun gazetasi muxbiri Imai Yuki josuslik gumoni bilan ushlandi. Rossiya OAV maʼlumotiga koʻra, u mamlakatdan uchib ketish arafasida qoʻlga olinib, Moskvaga olib kelingan. Sud jurnalistni kamida ikki oyga qamoqqa olgan..
Qibray tumani «Suv yetkazib berish xizmati» rahbari $5 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda
Qibray tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi rahbari 5 ming dollar pora olayotganida ushlangani aytilmoqda. U fuqaroning uyini kanalga yaqin qurilgan degan vaj bilan sudga bermaslik va daʼvodan voz kechish evaziga jami 16 ming dollar talab qilgan.
14 Oktyabr voqeiliklari "Qisqa xabarlar"da
Bugungi dasturimizda Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjonga joʻnab ketgani vaPrezident farmoni loyihasiga koʻra, noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratilishi rejalashtirilayotgani haqida soʻz yuritamiz.
Jami 5552 tadan 1021–1030 koʻrsatilmoqda