Qonunchilik yangiliklari
Xorijda oʻzbek restorani ochganlarga xarajatlarning 50 foizi qoplab beriladi.
Subsidiya olish uchun topshirilgan ariza 18 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va ijobiy qaror qabul qilingach, mablagʻ 7 ish kuni ichida bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi..
“Ombudsman maktabi”: aholining huquqiy bilimlarini boyitmoqda
Paxtaobod tumanidagi jamoat salomatligi texnikumida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida “Ijtimoiy davlatda qonun ustuvorligini taʼminlash masalalari” mavzusida aholi vakillari bilan muloqot boʻlib oʻtdi.
Iqtisodiyotning barcha asosiy tarmoqlarida biznes muhiti yaxshilandi
Sentyabr oyida Biznes muhiti indeksi boʻyicha eng sezilarli oʻsish sanoatda qayd etildi. Qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarida ham ijobiy dinamika kuzatildi, qishloq xoʻjaligida esa koʻrsatkich oʻzgarishsiz qoldi. Biznes yuritishda toʻsiqlarga duch kelmayotgan tadbirkorlar ulushi oʻsishda davom etdi. Shu bilan birga, soliqqa tortish va bank tizimi bilan bogʻliq muammolar koʻproq qayd etila boshladi.
Yoshlar taklif va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi
Yoshlarning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish, bandligini taʼminlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.
«Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun» koʻkrak nishoni taʼsis etildi
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 9 oktyabrdagi 545-sonli qarori bilan mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish va bu sohada fidokorona mehnat qilayotganlarni ragʻbatlantirish maqsadida «Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun» koʻkrak nishoni taʼsis etildi.
Zachem SSHA translirovat kazni
Pentagon nameren pokazat v pryamom efire kazn bыvshego voyennogo psixiatra Nidala Xasana, osujdennogo za ubiystvo 13 chelovek. Resheniye vыzvalo sporы o zakonnosti i etichnosti publichnыx kazney, kotorыe perestali praktikovatsya v SSHA pochti vek nazad.
Banklarga kredit undiruvida karta hisobini boʻshatib qoʻyish taqiqlandi.
Markaziy bank qarori bilan, tijorat banklari mijozning kartasidan uning topshirigʻisiz kredit yoki kafillik toʻlovlarini yechib olganida karta hisobida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yarmi (680 mming soʻm)dan kam boʻlmagan mablagʻ qolishi shart boʻladi. Bu talab 2027-yil 10-yanvardan kuchga kiradi..
Davaktiv direktori Paynet kompaniyasining xususiylashtirilishi boʻyicha izoh berdi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov Paynet’dagi davlat ulushi ochiq savdolarsiz xususiylashtirilganiga izoh berdi. Uning aytishicha, kompaniya masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlgani sababli ulush boshqa taʼsischilarning ustuvor sotib olish huquqi asosida realizatsiya qilingan. Biroq dastlab 100 foiz davlat ulushini raqobatli savdoga chiqarish rejalashtirilgandi..
«Davlat pul tikmasa oʻzbek futboli oʻladi» - Oʻtkir Yusupov bilan suhbat.
Milliy jamoa darvozaboni Oʻtkir Yusupov Eron klubidan ketish uchun 105 ming dollarlik maoshidan voz kechgani, «Navbahor»ga qaytish qarori va superligadagi moliyaviy muammolar haqida gapirdi. U Fabio Kannavaro nega uni milliy jamoaning soʻnggi yigʻiniga chaqirmaganini shaxsan tushuntirgani, mundialdagi muvaffaqiyatsizlik sabablari va Ignatiy Nesterov bilan raqobat haqidagi savollarga javob berdi..
Rim statutiga aʼzo davlatlar AQShning XJSga qarshi sanksiyalarini qoraladi
Rim statutiga aʼzo davlatlar AQShning Xalqaro jinoyat sudiga nisbatan sanksiyasini qoraladi. Sakkiz davlat — Kanada, Daniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari qoʻshma bayonot berib, Xalqaro jinoyat sudi (XJS) mustaqilligi hamda daxlsizligini toʻliq qoʻllab-quvvatlashlarini maʼlum qildi. Diplomatlar Vashingtonning...
Jami 5544 tadan 1171–1180 koʻrsatilmoqda