Qonunchilik yangiliklari
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq maʼmurchiligini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 546-son. Qabul qilingan sana 09.10.2026. Kuchga kirish sanasi 09.10.2026
Bekmurod Abdullayev va boshqa sudlangan xodimlarning aybsizlik masalasi toʻliq koʻrib chiqilgan — ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
Yaqinda sudlangan IIV rahbari sobiq oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev va boshqa xodimlarining aybsizlik masalasi toʻliq koʻrib chiqlgan, deya maʼlum qildi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Ramazon Ashropov. Iyulda Abdullayevdan tashqari yana 28 nafar xodim ishi sudda koʻrilishi aytilgandi.
Buxoro shahar sudi raisi xonasidan katta miqdorda pul topildi, advokat pora berishga urinishda gumonlanmoqda
Buxoro shahar sudi raisi xonasidan $40 ming, u yerda boʻlgan advokatning choʻntagidan esa yana $10 ming topilgan. Sudyalar oliy kengashi hozircha sudya pul soʻragani yoki olganini tasdiqlovchi dalillar yoʻqligini bildirdi. Sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi, advokatga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekistonda kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan turib sodir etilmoqda — IIV
Oʻzbekistonda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning 90 foizi chet davlatlardan turib, transchegaraviy xususiyatda amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Ramazon Ashropovning aholiga murojaatida maʼlum qilindi. Murojaatda taʼkidlanishicha, bugungi kunda sodir etilayotgan deyarli har ikki jinoyatdan biri axborot texnologiyalari orqali amalga oshirilmoqda. Bunday...
Sud otmenil ordera na obыski v dele bыvshego prinsa Endryu
Vыsokiy sud Velikobritanii otmenil ordera, ispolzovannыe pri obыskax obʼyektov, svyazannыx s bыvshim prinsem Endryu - mladshim bratom korolya Karla III. Polisiya priznala problemu s pravovыm osnovaniyem orderov, odnako samo rassledovaniye vozmojnogo zloupotrebleniya slujebnыm polojeniyem prodoljayetsya.
Neft konlari boʻyicha Saneg'ga berilgan litsenziyalar bekor qilingan – Davaktiv rahbari.
Sohibjon Murodov Oʻzbekistondagi koʻplab neft konlari qanday qilib Saneg tasarrufiga oʻtib qolganiga izoh berdi va korxonaga berilgan litsenziyalar hozirda bekor qilinganini maʼlum qildi, chunki “konlar xoʻjalik aylanmasiga kiritilmagan va litsenziya shartlari bajarilmagan”. Shuningdek, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi ham xususiylashtirish toʻlovi vaqtida toʻlanmagani uchun Saneg'dan qaytarib olingan..
Davaktiv rahbari “Oʻzbekiston pochtasi”dagi Wildberries vakillari boʻyicha izoh berdi.
Sohibjon Murodov “Oʻzbekiston pochtasi” Kuzatuv kengashidagi 9 ta oʻrindan 5 tasiga Wildberries vakillari tayinlanganini izohlarkan, buni pochta islohoti va WB'dan 360 mlrd soʻmgacha foizsiz qarz olish rejasi bilan izohladi va UzPost WB'ga ishonchli boshqaruvga berilganini rad etdi. Maʼlum qilinishicha, maʼmuriy jarimalar haqidagi qogʻoz xatlardan voz kechilgach, pochta 50-60 mlrd soʻmlik daromadidan ayrilgan..
Toshkent viloyatidagi oqova suv tozalash inshooti qurilishida 13,9 mlrd soʻm talon-taroj qilingani aniqlandi
Nurafshon shahridagi oqova suv tozalash inshooti qurilishida 13,9 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingani aniqlandi. Masʼullar 73,3 mlrd soʻmlik ishni hujjatlarda 87,2 mlrd soʻm deb soxtalashtirgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Aholi tomorqalaridan yuqori daromad olishni ragʻbatlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 547-son. Qabul qilingan sana 09.10.2026. Kuchga kirish sanasi 09.10.2026
Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 551-son. Qabul qilingan sana 09.10.2026. Kuchga kirish sanasi 09.10.2026
Jami 5544 tadan 1261–1270 koʻrsatilmoqda