Qonunchilik yangiliklari
GM UzAuto Motors'ni xususiylashtirishda ustuvor huquqqa ega boʻlmaydi - Davaktiv.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Motors'ni xususiylashtirish ochiq va raqobat asosida amalga oshirilishiga urgʻu berib, Amerikaning General Motors kompaniyasiga aktivni sotib olish uchun imtiyoz yoki ustuvor huquq berilmasligini maʼlum qildi..
Namanganda 77 yashar fuqaroga tugʻilganlik guvohnomasi berildi
Namanganda 77 yashar fuqaroga tugʻilganlik guvohnomasi berildi. Bu haqda viloyat adliya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 1949 yilda tugʻilgan Rahmanov Tursunboy bu kunni uzoq kutdi. U tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi hamda sobiq Sovet Ittifoqi davrida olgan pasportini yoʻqotib qoʻygani sababli shu kungacha Oʻzbekiston fuqaroligini rasmiylashtira olmay kelgan....
BMT: AQShning dengizdagi zarbalari insoniyatga qarshi jinoyatdir
BMT inson huquqi va terrorga qarshi kurash boʻyicha maxsus maʼruzachisi Ben Saul eʼlon qilgan hisobotga koʻra, AQShning Karib dengizi va Tinch okeanida giyohvand moddalar kontrabandasida gumon qilingan kemalarga uyushtirgan hujumlari xalqaro huquqni buzadi hamda insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholanishi mumkin. Hujjatda Amerika harbiylari 2025 yil sentyabridan buyon xalqaro suv hududida 68 kemaga zarba berib, kamida 223 kishining oʻlimiga sabab boʻlgani keltirilgan.
Hokimlikning meyoriy hujjatlari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin boʻladi.
Prezident huzurida maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi. Unda fuqarolarga mahalliy hokimliklarning normativ-huquqiy hujjatlari ustidan bevosita maʼmuriy sudga shikoyat qilish huquqini berish taklif etildi..
Huquqiy muloqot — investisiyaviy hamkorlikning muhim omili
Toshkent viloyati adliya boshqarmasida Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Adliya departamenti delegasiyasi bilan uchrashuv oʻtkazilib, huquqiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Isteʼdodli yoshlar maskani
Prezidentimizning 2025 yil 28 iyulda “Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayev xotirasini abadiylashtirish va uning ijodiy maktabi anʼanalarini munosib davom ettirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi negizida Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabi tashkil etilganiga koʻp boʻlmadi. Bu qisqa vaqt mobaynida esa salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Oʻzbekistondagi korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan islohotlar natijalariga yuksak baho berildi
Minsk shahrida boʻlib oʻtgan MDHning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hukumatlararo kengashi XI majlisi doirasida Oʻzbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov kengashga aʼzo davlatlarning prokuratura organlari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazdi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash uchun sohaga zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Buxoro va Navoiy viloyatlarida qattiq, maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaror qabul qildi.
Oʻzbekiston va Turkiya: sud-huquq sohasida oʻzaro manfaatlarga asoslangan hamkorlik kengaytiriladi
Oliy sud raisining oʻrinbosari Sh. Polvonov mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari B. Jeyhan boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi.
V Uzbekistane predlojili rasshirit polnomochiya administrativnыx sudov
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po dalneyshemu sovershenstvovaniyu sistemы administrativnogo pravosudiya. S momenta sozdaniya administrativnыx sudov v 2017 godu imi rassmotreno okolo 150 tыs. del. Boleye chem v 70 tыs. sluchayev bыli otmenenы nezakonnыe resheniya gosudarstvennыx organov. Krome togo, po faktam nezakonnыx deystviy doljnostnыx lis vыneseno okolo 27 tыs. chastnыx opredeleniy. Na sleduyushem etape […] Soobsheniye V Uzbekistane predlojili rasshirit polnomochiya administrativnыx s...
Jami 5390 tadan 1921–1930 koʻrsatilmoqda