Qonunchilik

Qonunchilik yangiliklari

16
Okt

Rossiya quvuridagi avariya Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishga taʼsir qilmadi — Energetika vazirligi

Rossiyadagi magistral gaz quvurida sodir boʻlgan avariya Oʻzbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishga taʼsir qilmadi, deya maʼlum qildi Energetika vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Rasmiylarning soʻzlariga koʻra, import shartnoma majburiyatlariga muvofiq davom etmoqda, gaz taʼminotida muammolar yoʻq.

Manba: gazeta.uz 16.10.2026
Manbada oʻqish
16
Okt

Suyultirilgan gaz yetkazishda yangi tartib va peshlavhaga ruxsat - mahalliy dayjest.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi. Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman toʻxtatildi. Oliy taʼlimda kontrakt toʻlash muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi. Oʻzbekistonda tugʻilish soni ketma-ket ikki yil kamaydi. Erta nikoh uchun jarimalar oshirildi. Toshkentda issiq suvdan badboʻy hid kelayotgani yuzasidan tekshiruv boshlandi. Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz..

Manba: kun.uz 16.10.2026
Manbada oʻqish
16
Okt

Yarmarka ish izlayotgan yoshlar uchun juda yaxshi imkoniyat boʻldi

Yoshlar bandligini taʼminlash, ularning kasbiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish maqsadida Sirdaryo tumanidagi «Yoshlar xiyoboni»da boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkazildi. Viloyat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda 40 ga yaqin korxona va tashkilot oʻz vakansiyalari bilan ishtirok etishdi.

Manba: uza.uz 16.10.2026
Manbada oʻqish
15
Okt

Yopiq muassasalardagi sharoitlar oʻrganildi

Inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish jamiyatda qonuniylik va adolatni taʼminlashning muhim shartlaridan biridir. Ayniqsa, erkinligi cheklangan shaxslarning huquqlariga rioya etilishi, ular uchun munosib yashash sharoitlari yaratilishi hamda shafqatsiz muomalaning oldini olish doimiy eʼtibor va samarali nazoratni talab qiladi.

Manba: uza.uz 15.10.2026
Manbada oʻqish
15
Okt

Asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi

Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro ichimlik suvi taʼminoti bilan bogʻliq muammo yuzasidan Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining tuman ijro etuvchi apparatiga murojaat qildi.

Manba: uza.uz 15.10.2026
Manbada oʻqish
15
Okt

Samarqand shahrida “Barnaxus” modeli asosida “Najot” bolalar markazi tashkil etiladi

“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Manba: uza.uz 15.10.2026
Manbada oʻqish
15
Okt

Qadimiy kema, Eronga yangi zarba rejasi va Istanbuldagi toshqin (+video)

Bugungi «Xorij xabarlari» dasturida Turkiya qirgʻoqlarida 4 700 yillik kema qoldiqlari topilgani, AQShda grin-karta lotereyasini davom ettirish boʻyicha sud qarori chiqarilgani hamda Ukraina Rossiya neftini qayta ishlash zavodlariga zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqida soʻz yuritamiz.

Manba: uza.uz 15.10.2026
Manbada oʻqish
15
Okt

Toshkent viloyatida 2,2 kg opiyni sotishga uringan ikki xorijlik qoʻlga olindi

Oʻzbekiston bilan qoʻshni davlat fuqarosi boʻlgan ikki kishi 2 kg dan ortiq opiyni sotishga uringan. Ular jinoyat ustida qoʻlga olindi. Giyohvand modda mamlakatga aylanma yoʻllar orqali olib kirilgan.

Manba: gazeta.uz 15.10.2026
Manbada oʻqish
15
Okt

Husiylar Yaman prezidenti qarorgohiga zarba yoʻlladi: nimalar boʻlmoqda?

Husiylar nazoratidagi SABA axborot agentligining xabar berishicha, «Ansor Alloh» kuchlari Yamanning vaqtinchalik poytaxti Adandagi Al-Maashiq prezident saroyiga raketalar otgan. Yaman hukumatining ikki manbasi Reuters agentligiga bu maʼlumotni tasdiqladi. Husiylar harbiy operasiyalar shtab-kvartirasi va qurol-yarogʻ omborlariga zarba berganliklarini daʼvo qilishdi. Reuters guvohlarga...

Manba: xabar.uz 15.10.2026
Manbada oʻqish
15
Okt

Adliya idoralari: bu dargohdan hech kim xafa boʻlib ketmasligi kerak

Jamiyatimizda aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, qonun ijodkorligi hamda qonunchilik targʻiboti, huquqiy hujjatlarning joylardagi ijrosi monitoringini yuritishga masʼul boʻlgan adliya idoralari faoliyatida fuqarolarning murojaatlariga eʼtibor qaratish alohida ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Manba: uza.uz 15.10.2026
Manbada oʻqish