Qonunchilik yangiliklari
V iyune SB oshtrafoval 21 bank, odnu MFO i odin platejnыy servis
Takje regulyator vыnes preduprejdeniya 23 bankam za neprivedeniye deyatelnosti v sootvetstviye s zakonom.
Noqonuniy qurilish qimmatga tushdi
Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallab, noqonuniy ravishda omborxona qurgan fuqaroning inshooti sud qarori asosida buzdirildi.
Noqonuniy qurilishlar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda shaharsozlik sohasiga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirish va urbanizasiya jarayonlarining huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan loyiha qizgʻin muhokama qilindi.
«Urushda 4 barmogʻimdan ayrildim». Jizzaxda Ukrainada jang qilgan 24 yoshli yigit 2,5 yilga qamaldi
Jizzaxlik yigit Rossiyada ishlab yurganida giyohvandlik bilan bogʻliq ish boʻyicha ushlangan. Uning aytishicha, qamoqda bosim ostida Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzib, Ukrainadagi urushga yuborilgan. Sud uni yollanish moddasi bilan aybdor deb topib, 2 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi.
Fargʻonada chaqalogʻini sotishga uringan ota-ona 5 yilga qamaldi
Fargʻonada chaqalogʻini sotishga uringanlikda ayblangan er-xotin 5 yildan ozodlikdan mahrum qilindi. Sudda ayol moddiy qiyinchilik va oilaviy kelishmovchiliklar sabab farzandini boshqa shaxsga berishga rozi boʻlganini aytdi. Chaqaloq davlat himoyasiga olindi.
Aka-uka Teytlar yangi jinoiy ayblovlar ortidan AQShda hibsga olindi
Ijtimoiy tarmoq blogerlari Endryu va Tristan Teytlar Buyuk Britaniya soʻrovi bilan AQShda qoʻlga olindi. Britaniya prokuraturasi ularga nisbatan zoʻrlash va odam savdosi kabi 38 ta yangi ayblov eʼlon qilib, umumiy ayblovlar sonini 59 taga yetkazdi. London aka-ukalarni ekstradisiyalashni talab qilmoqda.
Xorijiy turoperatorlarning Oʻzbekiston fuqarolariga turlarni bevosita sotishi cheklanishi mumkin
Xorijiy kompaniyalar oʻzbekistonliklarga turpaketlarni faqat mahalliy lisenziyalangan turoperator yoki mamlakatdagi yuridik shaxsi orqali sotishi mumkin boʻladi. Turagentlarga bunday operator ishtirokisiz sotuvlarni, jumladan, saytlar, tarmoqlar va ilovalar orqali amalga oshirishni taqiqlash taklif etilmoqda.
Oʻzbekistonda turoperatorlarga turistlarni himoya qilish uchun kamida $50 ming zaxira qilish majburiyati yuklanishi mumkin
Oʻzbekistonda turistlarga yetkazilgan zararni qoplash va ularni xorijdan evakuasiya qilish xarajatlarini moliyalashtiradigan jamgʻarma tuzish taklif qilinmoqda. Lisenziya olish uchun turoperatorlar jamgʻarmada kamida $50 ming zaxira qilishi, har bir sotilgan turpaket uchun esa kafolat yigʻimi toʻlanishi kerak boʻladi.
Oʻzbekiston pensiya tizimini qanday oʻzgartirish taklif qilinmoqda?
Iqtisodiyot vazirligi pensiya islohoti boʻyicha takliflarni taqdim etdi. Oʻzini oʻzi band qilganlar ijtimoiy soliq toʻlashga oʻtkazilishi, pensiyani hisoblashda ish haqi davri 5 yildan 20 yilgacha uzaytirilishi, minimal ish staji oshirilishi mumkin. Davlat past daromadli fuqarolar jamgʻarmalariga mablagʻ qoʻshishi mumkin.
3 mingdan ortiq soxta chek: Jizzaxda yirik firibgarlik fosh etildi.
Jizzax viloyatida soxta xarid cheklari rasmiylashtirish orqali byudjyetning 1,9 mlrd so‘m mablag‘ini «keshbek» sifatida noqonuniy o‘zlashtirish holati aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan bir necha shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda..
Jami 2853 tadan 2781–2790 koʻrsatilmoqda