Qonunchilik yangiliklari
Erta nikoh uchun jarimalar oshirildi.
18 yoshga toʻlmagan shaxslarning turmush qurgani, shuningdek, FHDO organlarida oldindan qayd ettirmay tegishli diniy marosimlarni oʻtkazgani uchun jarimalar miqdori oshirildi..
Pedofiliya uchun umrbod qamoq va 8 mln dollarlik firibgarlik - mahalliy dayjest.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bolalarga nisbatan zoʻravonlik jinoyatlari uchun jazoni ogʻirlashtiruvchi qonunni imzoladi. 8 million dollarlik firibgarlikda bankning kiberxavfsizlik xodimi ham qatnashgani maʼlum boʻldi. Biznesni davlat tomonidan roʻyxatga olish tartibi belgilandi. 55 yil davomida tabiatda deyarli uchramagan koʻrshapalak Oʻzbekistonda aniqlandi..
Xotinini oʻz joniga qasd qilish darajasiga yetkazishda ayblanayotgan sobiq inspektor ishi sudda koʻriladi
Samarqandda sobiq probasiya inspektori xotinini oʻz joniga qasd qilish darajasiga yetkazishda va oʻldirish bilan tahdid qilishda ayblanmoqda. Nemolchi.uz yozishicha, ayol bir necha bor ichki ishlar organiga murojaat qilgan, ammo IIB inspektorga faqat hayfsan bergan, juftlikni yarashtirishga uringan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasiga sifatli taqdim etilishi kerak
Adliya vazirligida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etish va oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Nilufar Allabergenova Toshkent shahri prokuroriga oʻrinbosar boʻldi.
Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimidan ozod etildi va prokuratura tizimiga qaytdi..
AQSH sudi Davlat departamentiga grin-karta lotereyasini boshlash majburiyatini yukladi.
AQSH federal sudi Davlat departamentiga DV-2027 grin-karta lotereyasini 1-noyabrdan kechiktirmay boshlash va arizalarni 30 kun davomida qabul qilish majburiyatini yukladi. Sud qarori dasturning navbatdagi bosqichi kechikayotgan bir paytda qabul qilindi..
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi havo kemalarining uchishga yaroqlilikni taʼminlash boʻyicha aviasiya qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligi direktorining buyrugʻi AV reg. № 3953. Qabul qilingan sana 14.10.2026. Kuchga kirish sanasi 16.01.2027
Oʻzbekistonda issiqxona xoʻjaliklari uchun soliq imtiyozlari va subsidiyalar taqdim etiladi
Oʻzbekistonda issiqxonalarga soliq imtiyozlari, elektr xarajatining yarmini qoplash va 300 mln soʻmgacha imtiyozli kreditlar joriy etildi. Toshkent viloyatidagi issiqxonachilikka ixtisoslashgan oilalar 200 mln soʻmgacha subsidiya oladi, energiya tejamkor uskunalar oʻrnatish xarajatining 40 foizi qoplab beriladi.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori PQ-375-son. Qabul qilingan sana 14.10.2026. Kuchga kirish sanasi 15.10.2026
Rimda Jahon oziq-ovqat forumi boshlandi
Italiya poytaxti Rim shahridagi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida "Jahon oziq-ovqat forumi-2026"ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Jami 4867 tadan 271–280 koʻrsatilmoqda