Qonunchilik yangiliklari
Profilaktika inspektorlari aholi oldida hisobdor boʻladi.
Oʻzbekistonda aholining profilaktika inspektori faoliyatiga nisbatan «ishonchsizlik tashabbusi»ni bildirish mexanizmini joriy etish taklif qilinmoqda. Shuningdek, profilaktika inspektorlari har chorakda oʻz hududida amalga oshirgan ishlari boʻyicha aholi va jamoatchilik oldida hisobot berishi belgilanmoqda. Tegishli qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda qabul qilindi..
Tramp Saudiya bilan yadroviy kelishuvni Kongressga yubordi.
Donald Tramp AQSH Kongressiga Saudiya Arabistoni bilan fuqarolik yadroviy energiyasi boʻyicha kelishuvni yubordi. Agar qonunchilar 90 kun ichida uran boyitish taqiqlanmagan kelishuvga eʼtiroz bildirmasa, u kuchga kiradi. Biroq, Tramp – Isroil tan olinmaguncha Saudiyaga yadroviy texnologiyalarni bermoqchi emas..
Mahalla aholisi profilaktika inspektoriga ishonchsizlik bildirishi mumkin boʻladi.
Profilaktika inspektorlari toʻgʻrisida alohida qonun qabul qilinmoqda. Birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasiga koʻra, inspektorni xizmat vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilish va unga qoʻshimcha vazifalar yuklash taqiqlanadi; inspektorlar har chorakda aholiga hisobot beradi va aholida ularga nisbatan ishonchsizlik bildirish huquqi boʻladi. Inspektorlar uchun munosib maosh va boshqa ijtimoiy-huquqiy kafolatlar ham belgilanmoqda..
Yurakning tez urishi qachon oddiy holat, qachon xavfli signal? (+video)
“Yuragingizda aritmiya bor ekan — kesarcha qilamiz!” Homilador ayol uchun bunday xulosa — oddiy tavsiya emas, balki butun tugʻruq jarayonini oʻzgartiradigan muhim qaror. Shu bois bu borada jiddiy yondashish va avvalambor, ona farzandni dunyoga keltirguniga qadar uning yurak urishi holati kardiolog nazoratida boʻlishi lozim.
Raqobat qoʻmitasi yarim yilda reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan 6000 ta holatni aniqladi
Raqobat qoʻmitasi dori-darmonlar, biologik faol qoʻshimchalar, tamaki, alkogol va boshqa mahsulot hamda xizmatlar reklamasidagi qoidabuzarliklarni aniqladi. Qimor oʻyinlarini reklama qilgan 50 dan ortiq sayt bloklandi.
Chto izmenitsya v Uzbekistane s 1 sentyabrya: zarplatы, nalogi, avtomobili i novыe lgotы
Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olmoqchimisiz? Qanday hujjatlarni tekshirish kerakligini bilib oling
Toshkent shahar hokimiyati yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib olish niyatida boʻlgan fuqarolar uchun yoʻriqnoma eʼlon qildi. Unda shartnoma tuzish va pul toʻlashdan oldin qurilish obʼyektining qonuniyligini tekshirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.Avvalo, qurilish obʼyektiga oʻrnatilgan QR-kodni skaner qilish va dshk.shaffofqurilish.uz sayti orqali obʼyekt haqidagi maʼlumotlarni...
Endi fuqaroning Ozarbayjondagi ish staji Oʻzbekistonda pensiya tayinlashda hisobga olinishi mumkin
Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida pensiya taʼminoti sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim imzolandi. Hujjat ikki davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirgan fuqarolarning pensiya huquqlarini taʼminlashga qaratilgan.Bitimga koʻra, fuqarolarning Oʻzbekiston va Ozarbayjonda orttirgan ish staji pensiya huquqini aniqlashda hisobga olinadi. Agar bir davlatdagi ish staji pensiya...
Fuqaroning pensiyasi qayta hisoblandi
Bugungi kunda fuqarolarning oʻz huquqlarini talab qilishi jamiyatda ochiqlik va adolatni taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.
«Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida»gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori AV reg. № 3263-4. Qabul qilingan sana 25.08.2026. Kuchga kirish sanasi 01.01.2027
Jami 5179 tadan 3011–3020 koʻrsatilmoqda