Qonunchilik

Qonunchilik yangiliklari

21
Avg

Andijonda qariyb 2 kg “gashish” moddasi musodara qilindi

Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, bu turdagi jinoyatlarning oldini olish va ularga chek qoʻyish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Manba: uza.uz 21.08.2026
Manbada oʻqish
21
Avg

Sirdaryo viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Sardor Mirzaraimov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq boʻldi. U bungacha IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi oʻrinbosari — jinoyat qidiruv xizmati boshligʻi boʻlib ishlagan.

Manba: gazeta.uz 21.08.2026
Manbada oʻqish
21
Avg

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi — Enterprise Uzbekistan qanday ishlaydi?

Prezident Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi (Enterprise Uzbekistan) toʻgʻrisidagi konstitusiyaviy qonunni imzoladi. U Toshkentdagi IT Park hududida tashkil etilib, yirik texnologik kompaniyalarga 2100 yilgacha amal qiluvchi maxsus rejimda faoliyat yuritish imkonini beradi.

Manba: gazeta.uz 21.08.2026
Manbada oʻqish
21
Avg

Xavfi past dorixonalarda tekshiruv o‘tkazilmaydi.

O‘zbekistonda farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini nazorat qilishda «xavfni tahlil qilish» elektron tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Nizom loyihasiga ko‘ra, korxona va dorixonalar qonunbuzilish xavfi bo‘yicha past, o‘rta va yuqori toifalarga ajratiladi. Xavf darajasi past deb topilgan tadbirkorlik sub’yektlarida esa tekshiruv o‘tkazilmaydi..

Manba: kun.uz 21.08.2026
Manbada oʻqish
21
Avg

Irpendagi amalga oshmay qolgan suiqasd: gumondor Varshavada hibsga olindi.

Varshavada 63 yoshli Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi. Polsha Ichki xavfsizlik agentligi (ABW) uni Rossiya maxsus xizmatlari topshirig‘i bilan Ukraina mudofaa sanoati vakiliga suiqasd uyushtirishga uringanlikda gumon qilmoqda. Varshava sudi gumondorni uch oyga hibsga oldi..

Manba: kun.uz 21.08.2026
Manbada oʻqish
21
Avg

23 mln yevro kredit, 1 mlrd so‘m soliq qarzi: «O‘zbekfilm» qiyin vaziyatga tushib qolgani ma’lum bo‘ldi.

«O‘zbekfilm» kinostudiyasining 22,9 mln yevro kredit majburiyati bor, mol-mulki va yer maydonlari ham garovga qo‘yilgan. Soliqlardan qariyb 1 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik to‘plangani sababli 12 ta avtomobilning auksionga chiqarilish xavfi bor. Xodimlarning ish haqlari bo‘yicha ham yirik qarzdorliklar yig‘ilib qolgan. Bu haqda ma’lum qilgan Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov «O‘zbekfilm»ni tubdan isloh qilishga chaqirdi..

Manba: kun.uz 21.08.2026
Manbada oʻqish
21
Avg

Xonqada qarzdorga tegishli elektromobil xatlandi

Xonqa tumanida mast holda boshqa fuqaroga tegishli boʻlgan “COBALT” rusumli avtomashinani boshqargan fuqaro sud qarori bilan 3 (uch) yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilib, unga nisbatan 16 million 480 ming soʻm miqdorida jarima belgilangan.

Manba: uza.uz 21.08.2026
Manbada oʻqish
21
Avg

Tom ham umumiy mulk: oʻzboshimchalikka yoʻl qoʻyilmaydi

Bino faqat devor va xonadonlardan iborat emas. Uning har bir qismi, ayniqsa, umumiy foydalanishdagi hududlardan qonun doirasida foydalanish — barcha mulkdorlarning huquqi va manfaatini himoya qilish demakdir.

Manba: uza.uz 21.08.2026
Manbada oʻqish
21
Avg

Nizolarni murosa bilan hal etish yoʻllari muhokama qilindi

Nizoli vaziyatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning chuqurlashib ketishining oldini olish va taraflarni murosaga keltirish mahallada tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, oilaviy nizolarni sudgacha hal etish, taraflarning huquq va manfaatlarini inobatga olgan holda kelishuvga erishishda mediasiya instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Manba: uza.uz 21.08.2026
Manbada oʻqish
21
Avg

Jahongir Ahmedov «Oʻzbekfilm»ning 22,9 mln yevrolik krediti va soliq qarzlari haqida maʼlum qildi

Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov «Oʻzbekfilm»ning 22,9 mln yevroga teng kredit majburiyati va soliklar boʻyicha qariyb 1 mlrd soʻmlik qarzdorligi borligini maʼlum qildi. Uning qayd etishicha, studiya yiliga kamida 60 milliard soʻmlik buyurtma bajarmasa, oʻzini saqlab turolmaydi.

Manba: gazeta.uz 21.08.2026
Manbada oʻqish