Qonunchilik yangiliklari
“Odil sudlov - 2030”: Yangi oʻzbekistonda sud tizimi qanday oʻzgaradi?
Davlatimiz rahbarining 2026 yil 14 avgustdagi «Odil sudlov - 2030»: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni sud tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim dasturiy hujjat boʻldi.
Farg‘onada hokim yordamchisidan pul olgan sobiq amaldor fosh etildi.
Farg‘ona viloyati Toshloq tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining sobiq boshlig‘i hokim yordamchisidan 600 dollar va turli bahonalar bilan 17 mln so‘m olgani aniqlandi. Holat yuzasidan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi..
Litsenziyasiz «Umra» tashkil qilmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.
Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida fuqarolarni «Umra» ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan minglab dollar talab qilgan ikki shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi. Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda..
Prezident podpisal konstitusionnыy zakon o sentre Enterprise Uzbekistan
Dokument vvodit spesialnыy pravovoy rejim na osnove prava Anglii i Uelsa do 2100 goda.
Xodimning ish haqi MIB orqali undirildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Fuqarolik ishlari boʻyicha Beruniy tumanlararo sudining 2026 yil 1 iyul kungi qaroriga asosan “Taxiatosh neft bazasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati Ellikqalʼa filialining yoqilgʻi moylash materiallari boʻyicha muhandisi lavozimida ishlab, noqonuniy ravishda ishdan boʻshatilgan S.R.ni oʻz ishiga qayta tiklash va uning oylik ish haqlarini undirish belgilangan.
Qozogʻiston Tashqi siyosat konsepsiyasidan Nazarbayev nomi va uning maxsus huquqi chiqarib tashlandi
Prezident Qasim-Jomart Toqayev Qozogʻiston Tashqi siyosat konsepsiyasiga oʻzgartirish kiritib, undan sobiq prezident Nursultan Nazarbayev bilan bogʻliq qaydlarni va uning tashqi siyosat boʻyicha murojaat qilish kabi umrbod huquqini chiqarib tashladi. Hujjatda parlament nomi ham qurultoyga oʻzgartirildi.
Qaysi davlatda xodimlar eng ko‘p haq to‘lanadigan dam olish kuniga ega?.
Dunyo bo‘yicha xodimlarga qonun bilan kafolatlangan yillik haq to‘lanadigan ta’til va davlat bayramlari kunlari soni mamlakatga qarab 9 kundan 53 kungacha farq qiladi. 185 davlatni qamrab olgan reytingda Eron 53 kun bilan birinchi o‘rinni egallagan..
BMT Rossiyani fikr erkinligini hurmat qilishga chaqirdi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk Rossiyaning «Yabloko» partiyasi raisi o‘rinbosari Lev Shlosbergning 11 yilga ozodlikdan mahrum etilishi yuzasidan xavotir bildirdi. U Rossiya rasmiylarini fikr erkinligini va fuqarolarning saylov jarayonida erkin ishtirok etish huquqini ta’minlashga chaqirdi..
Uy-joy xaridida firibgarlikdan qanday himoyalanish mumkin?.
O‘zbekistonda uy-joy xarid qilishdan avval qurilayotgan ob’yektning qonuniyligi va rasmiy maqomini onlayn tekshirish imkoniyati mavjud. Maxsus geoportal orqali qurilishga ruxsat berilgani, ishlar to‘xtatilgani yoki ob’yekt bekor qilingani haqida ma’lumot olish mumkin..
Raqobat qoʻmitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi
Yangi oʻquv yili arafasida Oʻzbekiston hududidagi umumtaʼlim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.Raqobat qoʻmitasi mavsumiy savdo jarayonlarida isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini taʼminlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan taʼminlash muhimligini taʼkidladi.Qoʻmita...
Jami 5135 tadan 3211–3220 koʻrsatilmoqda