Qonunchilik

Qonunchilik yangiliklari

11
Avg

Tramp bolalar uchun tavsiya etilgan emlash sonini qisqartirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bolalarga qilinadigan emlash sonini qisqartirishni hamda tepki (epidemik parotit), qizamiq va qizilchaga (MMR) qarshi vaksinalarni tanaga alohida yuborishni tavsiya etuvchi farmonni imzoladi..

Manba: kun.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Oʻzbekistonda qurilishdagi qoidabuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga 2,2 mln soʻmdan undirish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekistonda qurilishdagi qoidabuzarlik uchun kompaniyadan har bir kvadrat metrga 2,2 mln soʻm jarima undirish taklif etildi. Qonun loyihasi birinchi oʻqishdan oʻtdi, biroq ayrim deputatlar sanksiyalarni nomutanosib deb hisobladi hamda uy narxi oshishi va quruvchilarga ortiqcha yukdan ogohlantirdi.

Manba: gazeta.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Toshkentda 350 yillik oq tut daraxti tabiat yodgorligi deb eʼlon qilindi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi «Moviy gumbazlar» xiyobonida joylashgan 350 yillik oq tut daraxti (Morus alba) davlat tabiat yodgorligi deb eʼlon qilindi.Tegishli qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan.Qaror ijrosi doirasida daraxtning bugungi holati, uni asrash va muhofaza qilish uchun yaratilgan...

Manba: xabar.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Soliq maʼmuriyatchiligida boshqaruv samaradorligining yangi modeli

Bugun davlat boshqaruvida asosiy mezon faqat vazifalarning bajarilishi emas, balki ular qanday natija bergani bilan belgilanmoqda. Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 19 maydagi “Soliq organlari faoliyatini institusional jihatdan takomillashtirish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni soliq tizimida boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim islohot sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Manba: uza.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Umummilliy ish beruvchilar soʻrovnomasi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 maydagi “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida Umummilliy ish beruvchilar soʻrovnomasi oʻtkazilmoqda.

Manba: uza.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Hujjatlardagi 7 ta soʻzni oʻzbekcha muqobillariga almashtirish koʻzda tutilgan qonun Senatga yuborildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «avans»ni «boʻnak», «markirovka»ni «tamgʻalash», «marshrut»ni «yoʻnalish», «svetofor»ni «yoʻlchiroq», «kovorking»ni «ish markazi», «parol»ni «oʻron», «progressiv»ni «ilgʻor» soʻzlariga almashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ikkinchi va uchinchi oʻqishlarda qabul qilib, Sentaga yubordi.

Manba: gazeta.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Jizzaxdagi hudud yuzasidan UJMSh va tadbirkor bir necha yildan beri nizolashmoqda

«Jizzax super servis» UJMSh va xususiy tadbirkor 2022 yildan beri yer uchastkasiga boʻlgan huquq uchun nizolashib kelmoqda. Oliy sud UJMSh foydasiga qaror chiqarganidan soʻng, hudud obodonlashtirilib, koʻkalamzorlashtirilgan edi. 2024 yilda Jizzax viloyat sudi ishni qayta koʻrib chiqdi. Gazeta vaziyatni oʻrgandi.

Manba: gazeta.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Oʻzbekistonda yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni soddalashtirish kutilmoqda

Oʻzbekistonda fuqarolarni yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni soddalashtirish reja qilinmoqda. Qonun loyihasi taqiq yoki xatlov qoʻyilgan uy-joyga roʻyxatdan oʻtishga ruxsat beradi, talabalar turar joylaridagi talabalar uchun cheklovlarni yumshatadi.

Manba: gazeta.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

«Mы protiv subsidirovaniya bogatыx!»: uzbekistansы — o kompensasii prosentov po avtokreditam na elektromobili

Mnogiye schitayut meru lgotoy dlya bogatыx za schet nalogov prostыx grajdan i predlagayut vmesto etogo otmenit utilsbor na inomarki.

Manba: spot.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Polshada fermer yangi yoʻlni traktorda buzib tashladi

Polshaning Glivise shahrida 60 yoshli fermer yangi yotqizilgan asfalt ustiga traktorda kirib, yoʻlning qariyb 200 metr qismini agʻdarib tashladi. Erkak yoʻl oʻziniki ekani va taʼmir ishi qonunga xilof oʻtkazilayotganini daʼvo qilgan. U polisiyaga yoʻlni yana buzishini aytgan.

Manba: uza.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish