Qonunchilik yangiliklari
Yaylov yerlaridan samarali foydalanish va chorvachilik xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori PQ-374-son. Qabul qilingan sana 14.10.2026. Kuchga kirish sanasi 15.10.2026
Issiqlik va issiq suv tariflari 1 noyabrdan oʻrtacha 30 foizga oshishi mumkin
Oʻzbekistonda 2026 yil 1 noyabrdan aholi uchun markazlashgan isitish va issiq suv taʼminoti tariflarini oʻrtacha 30 foizga oshirish taklif etilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qaror loyihasida nazarda tutilgan. Hujjat hali qabul qilinmagan, shu bois tariflar oʻzgarishi yakuniy tasdiqqa bogʻliq. Loyihaga koʻra, yangi tariflar...
Toshkent atrofidagi issiqxonalar koʻmirda isitishni saqlab qolmoqchi. Filtrlar hozircha normalarga mos kelmayapti
Toshkentda ekologik xavfsiz isitish tizimlariga ega boʻlmagan issiqxonalar faoliyatiga qoʻyilgan taqiq saqlanib qoladi, deya maʼlum qildi Ekoqoʻmita. Tadbirkorlar yangicha filtrlardan foydalanib koʻmir ishlatishga ruxsat berishni taklif qildi, biroq dastlabki sinovlar normativlarga mosmasligini koʻrsatdi.
Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxoʻjayevni kuzatish marosimi oʻtkazildi
Prezident farmoniga muvofiq, mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan general-mayor Botir Qudratxoʻjayevni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, soha faxriylari va tarkibiy xizmatlar rahbarlari ishtirok etdi. Marosimda Botir Qudratxoʻjayevning ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi lavozimidagi faoliyati...
Kitobxonlik tanlovida yuqori natija koʻrsatgan askarlar bir oy erta qaytishi mumkin.
Oʻzbekistonda respublika kitobxonlik tanlovida yuqori natijalarga erishgan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddatini bir oyga qisqartirish taklif etilmoqda. Ushbu normani nazarda tutuvchi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda qabul qilindi..
40 sotix yerni auksionsiz vaʼda qilganlar 11 500 dollar olayotganda ushlandi.
Namangan viloyatida irrigatsiya boshqarmasi xodimi va yana bir fuqaro 40 sotix yerni auksionsiz rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, 11 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan..
Uch kun 12 soatdan ish, qolgan kunlar dam: Mers moslashuvchan ish tartibini qoʻlladi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers haftasiga uch kun 12 soatdan ishlab, qolgan kunlari dam olish modelining afzalliklarini taʼkidladi. U ish vaqtining maksimal chegarasini kunlik emas, haftalik hisobda belgilashga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlashni tezlashtirish tarafdori..
Toshkentning 62 ta koʻchasida sayr hududlari va gavjum koʻchalar tashkil etish uchun 22 mlrd ajratiladi
Toshkent shahrida sohilboʻyi hududlar, gavjum koʻchalar, turizm mahallalari, festival koʻchalari va soyali sayr koʻchalarini tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Buning uchun shaharni rivojlantirish jamgʻarmasidan 22,146 mlrd soʻm ajratish taklif etilgan. Tegishli qarorni poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov imzolagan. Hujjatga ilova qilingan...
Rossiyada ayrim migrantlar uchun rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin
Rossiya Ichki ishlar vazirligi ayrim toifadagi chet el fuqarolari uchun majburiy imtihonlarni bekor qilishni taklif etmoqda. Gap Rossiyaning Uzoq Sharq va Arktika hududlarida faoliyat yurituvchi rezident korxonalarga ishga joylashayotgan migrantlar haqida ketmoqda. Ular rus tili, Rossiya tarixi va qonunchigini bilish majburiyatidan ozod boʻlishi mumkin.
Yuk ortish va tushirish ishlarida yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalarining 18-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining qarori AV reg. № 3844-1. Qabul qilingan sana 14.10.2026. Kuchga kirish sanasi 15.10.2026
Jami 4939 tadan 391–400 koʻrsatilmoqda