Qonunchilik yangiliklari
UYEFA, KONKAKAF va OFK bayonotlaridan soʻng FIFA Jahon chempionatini xususiylashtirish rejasidan voz kechdi
FIFA futbol boʻyicha jahon chempionatining tijorat huquqlaridagi ulushni xususiy investorlarga sotish rejasini bekor qildi. Qaror UYEFA, KONKAKAF va OFKning mazkur tashabbusga qarshi chiqib, Jahon chempionatini boykot qilish ehtimolini ham tilga olgan bayonotlari ortidan eʼlon qilindi.
Miroboddagi bolalar maydonchasi o‘rnidagi noqonuniy qurilish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasida o‘rganish ishlarini olib borgandi..
O‘zbekistonda aholiga ko‘mir yetkazib berish tartibi o‘zgaradi.
O‘zbekistonda aholi va byudjyet tashkilotlarini ko‘mir bilan ta’minlash tizimi bosqichma-bosqich yangilanadi. Hukumat qarori bilan ko‘mirni birja savdolari orqali sotish, buyurtmalarni raqamlashtirish, yetkazib berishni yagona axborot tizimi orqali nazorat qilish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etiladi..
Ukrainada Lukashenkoga qarshi jinoyat ishi ochish taklif qilindi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ofisi mamlakat Bosh prokuraturasiga Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish imkoniyatini ko‘rib chiqish yuzasidan murojaat yo‘lladi. Hozirda mazkur murojaat vakolatli idora tomonidan o‘rganilmoqda..
Adliya vazirligi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Adliya vazirligining kengaytirilgan hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi. Unda joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlari sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.
Atom energiyasi sohasida litsenziyalash tartibi takomillashtirildi.
O‘zbekistonda atom energiyasidan foydalanish hamda ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalashning yangi tartibi tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori 2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradi..
Yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha onlayn-auksion qoidalari yangilandi.
Yer qa’ridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi yanada takomillashtirildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan auksion savdolarining boshlang‘ich narxini qayta tasdiqlash, ruxsatnomalarni rasmiylashtirish hamda foydali qazilmalar uchastkalarini baholash tartibiga qator o‘zgartishlar kiritildi..
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori PQ-287-son. Qabul qilingan sana 01.08.2026. Kuchga kirish sanasi 03.08.2026
Latviya Belarus bilan chegarani vaqtincha yopdi.
Latviya Belarus bilan chegarada faoliyat yuritayotgan so‘nggi nazorat-o‘tkazish punktini vaqtincha yopdi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi bu qaror texnik nosozliklar bilan izohlanganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, rasmiylar avvalroq Belarus tomonidan olib borilayotgan «gibrid migratsiya urushi» xavfi haqida ham ogohlantirgan edi..
Italiya Ispaniya bilan dengiz va havo chegaralarini vaqtincha yopdi.
Italiya Ispaniyaning Afrika shimolidagi Seuta eksklaviga noqonuniy migrantlar ommaviy ravishda kirib kelganidan so‘ng Ispaniya bilan Shengen kelishuvining erkin harakatlanish tartibini vaqtincha to‘xtatdi. Shuningdek, mamlakat Ispaniya bilan dengiz va havo chegaralaridagi nazoratni kuchaytirdi hamda Fransiya bilan quruqlik chegarasida qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazishga qaror qildi..
Jami 4991 tadan 4111–4120 koʻrsatilmoqda