Qonunchilik yangiliklari
O‘zbekistonda har yili “Suvni tejash oyligi” o‘tkaziladi.
Prezident farmoniga muvofiq, endi har yili mart oyida mamlakat bo‘ylab “Suvni tejash oyligi” o‘tkazilib, aholi o‘rtasida suvni tejash va undan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi..
Sanepidqo‘mita tizimidagi korrupsiya holatlariga chek qo‘yildi.
Sirdaryo, Samarqand, Xorazm va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimi xodimlarining pora olish va firibgarlik bilan bog‘liq bir qator korrupsiyaviy holatlari fosh etildi. Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda..
Suv ta’minoti sohasida yangi tartiblar joriy etiladi.
Prezidentning “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, suv ta’minoti sohasida raqamlashtirish, tarif siyosatini takomillashtirish va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar bosqichma-bosqich joriy etiladi..
Intellektual mulk huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar yangilandi.
Adliya vazirligi intellektual mulk ob’yektlariga beriladigan patent va guvohnomalarning yangi shakllarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Yangi hujjatlar intellektual mulk huquqlarini rasmiy tasdiqlash va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi..
Sud hujjatlari ijrosi soʻzsiz taʼminlanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi tegishli farmoniga muvofiq Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. Qisqa vaqt ichida mazkur tizim sud hujjatlari va boshqa organlar qarorlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Sudya va yoshlar uchrashuvi
Xorazm viloyatining Yangiariq tumani sudida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
BMT oliy komissari Isroilning Livandagi harakatlarini tanqid qildi
BMTning Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari Folker Turkning aytishicha, Isroil Livanning janubiy qismidagi ulkan hududlarni bosib olishga chek qoʻyishi va uylarni buzishni toʻxtatishi kerak, deb xabar beradi NBC News.
Markaziy tergov hibsxonasida yangi, zamonaviy tartibot binosi foydalanishga topshirildi
Mamlakatimizda jazoni ijro etish tizimini isloh qilish, ushbu sohada inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, mahkum hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan.
Tezkor-qidiruv va prosessual chora-tadbirlar davom ettirilmoqda
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlash, aholi, ayniqsa, yoshlarni turli illatlardan asrashga qaratilgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yoʻnalishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilayotgan tizimli tezkor tadbirlar jinoiy guruhlar faoliyatiga oʻz vaqtida chek qoʻyish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Toshkentda 1 mlrd dollarlik ikki qavatli halqa yoʻli qurilishi mumkin
Toshkent shahri atrofida uzunligi 100 kilometr boʻlgan ikki qavatli pulli halqa avtomobil yoʻlini qurish rejalashtirilmoqda. Loyiha qiymati 1 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash ishlari holati toʻgʻrisidagi qarorida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha,...
Jami 4941 tadan 4311–4320 koʻrsatilmoqda