Qonunchilik

Qonunchilik yangiliklari

12
Okt

Samolyotda yurish-turish qoidalarini buzgan yoʻlovchilarga jarimalar oshirilishi mumkin

Oʻzbekistonda aviasiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalarni kuchaytirish taklif etilmoqda. Samolyot komandiri yoki ekipaj aʼzosining yoʻlovchilarning yurish-turish qoidalariga rioya qilish haqidagi koʻrsatmalarini takroran bajarmaganlik uchun 15−20 BHM jarima belgilanishi mumkin.

Manba: gazeta.uz 12.10.2026
Manbada oʻqish
12
Okt

Surxondaryoda 10-sinf oʻquvchisi boshqargan Cobalt avariyaga uchradi, ichida boʻlgan sinfdoshi halok boʻldi

Termiz tumanida 16 yoshli oʻquvchi onasiga tegishli Cobalt avtomobilida yuqori tezlikda harakatlanib, yoritish ustuniga borib urildi. Hodisa oqibatida mashina salonida boʻlgan uning sinfdoshi voqea joyida halok boʻldi, oʻzi ogʻir ahvolda reanimasiyaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Manba: gazeta.uz 12.10.2026
Manbada oʻqish
12
Okt

Neyrofiribgar nega qamaldi?

AQShda sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan qoʻshiqlarni botlar orqali tinglatib, striming platformalaridan millionlab dollar (mualliflik haqi) undirgan shaxsga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Shimoliy Karolina shtatida yashovchi 54 yoshli Maykl Smit sunʼiy intellekt yordamida qoʻshiqlar yaratib, naq 8 million dollar ishladi. Uning muvaffaqiyati xuddi oʻsha...

Manba: xabar.uz 12.10.2026
Manbada oʻqish
12
Okt

Sirdaryoda Damas’da 13 nafar bolani tashigan haydovchiga chora koʻrildi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida Damas haydovchisi 13 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchisini olib ketayotgan vaqtida toʻxtatildi. Unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning ikki baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Manba: gazeta.uz 12.10.2026
Manbada oʻqish
12
Okt

Prezident vazirliklar va davlat tashkilotlarini Yangi Toshkentga koʻchirishni boshlashni topshirdi

Prezident Qurilish, Transport va Energetika vazirliklari ortidan qolgan vazirliklar hamda davlat tashkilotlarini ham Yangi Toshkentga koʻchirishni boshlashni topshirdi. Ularning poytaxtdagi mavjud binolarini buzib qayta qurish huquqisiz, joriy taʼmirlab foydalanish sharti bilan sotish masalasi koʻrib chiqiladi.

Manba: gazeta.uz 12.10.2026
Manbada oʻqish
12
Okt

Hokimiyatni hokimiyatdan kim himoya qiladi? | 5 daqiqa.

Qonunlar ruhi haqida eshitganmisiz? Har bir insonning tanasi va ruhi boʻlganidek, qonunlarning ham jismi va joni bor. Qonunning tanasini qogʻozda, ruhini esa hayotda koʻramiz. Qogʻozda adolatli tuyulgan qoida amalda kimnidir himoya qilishi, boshqani esa himoyasiz qoldirishi mumkin. Mutafakkirlar uch asr avval aynan shu masala haqida bosh qotirishgan..

Manba: kun.uz 12.10.2026
Manbada oʻqish
12
Okt

Aliment uchun ariza qanday beriladi?.

Oila kodeksiga koʻra, ota-ona nikohda boʻlishi yoki alohida yashashidan qatʼi nazar, voyaga yetmagan farzandini taʼminlashi shart. Agar ota yoki ona bu majburiyatni bajarmasa, aliment oʻzaro kelishuv bilan yoki sud orqali undiriladi. 2026-yil 1-sentabridan bir bola uchun aliment oyiga 360 400 soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas..

Manba: kun.uz 12.10.2026
Manbada oʻqish
12
Okt

Oʻzbekistonda aviasiya qoidalarini buzganlik uchun jarimalar kuchaytirilishi mumkin

Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti (IKAO) standartlarini milliy qonunchilikka joriy etish, parvozlar xavfsizligini taʼminlash va aviasiya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan. Loyihaga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 116-moddasi yangi qoidalar bilan toʻldiriladi. Unda quyidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalar belgilash taklif...

Manba: xabar.uz 12.10.2026
Manbada oʻqish
12
Okt

Bioterrorizm, ishsizlik va qonundagi boʻshliqlar - Bill Geyts sunʼiy intellekt xatarlaridan ogohlantirdi.

Microsoft kompaniyasi hammuassisi Bill Geyts CNN telekanaliga bergan intervyusida sunʼiy intellektni insoniyat tarixidagi eng xavfli ixtiro deb atadi. Milliarder nazoratsiz qolgan SI kelajakda kiberhujumlar va bioterrorizm quroliga aylanishi, mehnat bozorida esa misli koʻrilmagan ishsizlikni keltirib chiqarishidan xavotir bildirib, hukumatlarni qatʼiy nazorat choralarini koʻrishga chaqirdi..

Manba: kun.uz 12.10.2026
Manbada oʻqish
12
Okt

Zelenskiy Ukrainada saylov oʻtkazish shartini eʼlon qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 60 kunlik sulhga rozi boʻlsa, Ukraina saylov oʻtkazadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ABC News jurnalistiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, qachon ovoz berish va kimni saylash haqidagi qarorni ukrainaliklarning oʻzi qabul qilishi kerak.

Manba: xabar.uz 12.10.2026
Manbada oʻqish