Qonunchilik yangiliklari
Prezident vazirliklar va davlat tashkilotlarini Yangi Toshkentga koʻchirishni boshlashni topshirdi
Prezident Qurilish, Transport va Energetika vazirliklari ortidan qolgan vazirliklar hamda davlat tashkilotlarini ham Yangi Toshkentga koʻchirishni boshlashni topshirdi. Ularning poytaxtdagi mavjud binolarini buzib qayta qurish huquqisiz, joriy taʼmirlab foydalanish sharti bilan sotish masalasi koʻrib chiqiladi.
Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti ikki amerikalik olimga berildi
2026 yilgi iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti amerikalik olimlar Robert Xoll va Maykl Vudfordga topshirildi. Bu haqda Stokgolmdagi Shvesiya Qirollik fanlar akademiyasi maʼlum qildi. Olimlar makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashning mikroiqtisodiy asoslarini tadqiq qilgani uchun taqdirlandi. Ular ishlab chiqqan iqtisodiy modellar alohida shaxslar va kompaniyalarning qarorlari umumiy iqtisodiyotga...
Zelenskiy Ukrainada saylov oʻtkazish shartini eʼlon qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 60 kunlik sulhga rozi boʻlsa, Ukraina saylov oʻtkazadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ABC News jurnalistiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, qachon ovoz berish va kimni saylash haqidagi qarorni ukrainaliklarning oʻzi qabul qilishi kerak.
Neyrofiribgar nega qamaldi?
AQShda sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan qoʻshiqlarni botlar orqali tinglatib, striming platformalaridan millionlab dollar (mualliflik haqi) undirgan shaxsga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Shimoliy Karolina shtatida yashovchi 54 yoshli Maykl Smit sunʼiy intellekt yordamida qoʻshiqlar yaratib, naq 8 million dollar ishladi. Uning muvaffaqiyati xuddi oʻsha...
Sem senatorov SSHA obvinili Trampa v narushenii zakona iz-za rossiyskogo dizelya
Chetыre respublikansa i tri demokrata potrebovali ot prezidenta SSHA Donalda Trampa otmenit razresheniye na import rossiyskogo dizelnogo topliva. Po mneniyu zakonodateley, resheniye protivorechit zakonu 2022 goda, zapreshayushemu zakupki rossiyskix energonositeley.
Hokimiyatni hokimiyatdan kim himoya qiladi? | 5 daqiqa.
Qonunlar ruhi haqida eshitganmisiz? Har bir insonning tanasi va ruhi boʻlganidek, qonunlarning ham jismi va joni bor. Qonunning tanasini qogʻozda, ruhini esa hayotda koʻramiz. Qogʻozda adolatli tuyulgan qoida amalda kimnidir himoya qilishi, boshqani esa himoyasiz qoldirishi mumkin. Mutafakkirlar uch asr avval aynan shu masala haqida bosh qotirishgan..
Aliment uchun ariza qanday beriladi?.
Oila kodeksiga koʻra, ota-ona nikohda boʻlishi yoki alohida yashashidan qatʼi nazar, voyaga yetmagan farzandini taʼminlashi shart. Agar ota yoki ona bu majburiyatni bajarmasa, aliment oʻzaro kelishuv bilan yoki sud orqali undiriladi. 2026-yil 1-sentabridan bir bola uchun aliment oyiga 360 400 soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas..
Sirdaryoda Damas’da 13 nafar bolani tashigan haydovchiga chora koʻrildi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida Damas haydovchisi 13 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchisini olib ketayotgan vaqtida toʻxtatildi. Unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning ikki baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Surxondaryoda 10-sinf oʻquvchisi boshqargan Cobalt avariyaga uchradi, ichida boʻlgan sinfdoshi halok boʻldi
Termiz tumanida 16 yoshli oʻquvchi onasiga tegishli Cobalt avtomobilida yuqori tezlikda harakatlanib, yoritish ustuniga borib urildi. Hodisa oqibatida mashina salonida boʻlgan uning sinfdoshi voqea joyida halok boʻldi, oʻzi ogʻir ahvolda reanimasiyaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Samolyotda yurish-turish qoidalarini buzgan yoʻlovchilarga jarimalar oshirilishi mumkin
Oʻzbekistonda aviasiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalarni kuchaytirish taklif etilmoqda. Samolyot komandiri yoki ekipaj aʼzosining yoʻlovchilarning yurish-turish qoidalariga rioya qilish haqidagi koʻrsatmalarini takroran bajarmaganlik uchun 15−20 BHM jarima belgilanishi mumkin.
Jami 4994 tadan 591–600 koʻrsatilmoqda