Qonunchilik yangiliklari
Zelenskiy Ukrainada saylov oʻtkazish shartini eʼlon qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 60 kunlik sulhga rozi boʻlsa, Ukraina saylov oʻtkazadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ABC News jurnalistiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, qachon ovoz berish va kimni saylash haqidagi qarorni ukrainaliklarning oʻzi qabul qilishi kerak.
Doniyor Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Doniyor Baxtiyorovich Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. U avval Prezident Administrasiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti rahbari lavozimida ishlagan. Eslatib oʻtamiz, avvalgi hokim Erkinjon Turdimov Taʼlim va ilm-fan...
Botir Qudratxoʻjayev mudofaa vaziri etib tayinlandi
Botir Qudratxoʻjayev mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Botir Bahromovich Qudratxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. U Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi lavozimida ishlayotgandi.
Doniyor Kadыrov naznachen ispolnyayushim obyazannosti xokima Sыrdarinskoy oblasti
Bыvshiy sovetnik prezidenta po voprosam pravooxranitelnoy deyatelnosti Doniyor Kadыrov vozglavil Sыrdarinskuyu oblast. Raneye v SMI poyavilas informasiya o naznachenii na etu doljnost Zaynilobiddina Nizomiddinova, odnako ona bыla oprovergnuta.
Kitobxonlik tanlovida gʻolib boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilar ragʻbatlantiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga harbiy xizmatni oʻtash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Ohangaronda chorvachilik rivojlanmoqda
Prezidentimizning 2025 yil 31 oktyabrdagi “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish, chorvachilik infratuzilmasini kengaytirish va mahsulot yetishtirish hajmini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Grajdan Uzbekistana priglashayut na rabotu v Sloveniyu s zarplatoy do 3 800 yevro
Rabotodateli iz Slovenii predlojat grajdanam Uzbekistana ofisialnuyu rabotu s zarplatoy ot 1 277 do 3 800 yevro do vыcheta nalogov. Otbor kandidatov proydet v Buxare, Samarkande i Tashkente; dlya nekotorыx vakansiy predusmotrena oplata jilya, straxovki i drugix rasxodov.
Boʻstonliqda turar joy qurilishiga ruxsat olib berish uchun $840 ming talab qilgan erkak ushlandi
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida 4 gektar yerda turar joy qurishga ruxsat olib berishni vaʼda qilib, 840 ming dollar talab qilgani aytilayotgan tadbirkor ushlandi. U Yunusoboddagi restoranda soʻralgan pulning 100 ming dollarini olayotganda ushlangan. IIV jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.
Neyrofiribgar nega qamaldi?
AQShda sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan qoʻshiqlarni botlar orqali tinglatib, striming platformalaridan millionlab dollar (mualliflik haqi) undirgan shaxsga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Shimoliy Karolina shtatida yashovchi 54 yoshli Maykl Smit sunʼiy intellekt yordamida qoʻshiqlar yaratib, naq 8 million dollar ishladi. Uning muvaffaqiyati xuddi oʻsha...
YEI yangi Xavfsizlik kengashi tuzmoqchi
Yevropa Ittifoqi dron hujumi, kiber jinoyat va strategik infratuzilmaga qaratilgan qoʻporuvchilik kabi tahdidlarga tezkor javob berish uchun Yevropa Xavfsizlik kengashini tashkil etish taklifi ilgari surdi. Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen sentyabr oyida oshkor qilgan mazkur tashabbus doirasida YEI davlatlari rahbarlari Buyuk Britaniya, Norvegiya, Ukraina, Kanada kabi hamkorlar bilan xavfsizlik masalasini muvofiqlashtirishi kutilyapti.
Jami 5545 tadan 1131–1140 koʻrsatilmoqda