Qonunchilik yangiliklari
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Karmana tumani “Beshkent” MFY binosida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi.
Surxondaryolik ustozlarga davlat mukofotlari topshirildi
Prezidentimizning “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq Surxondaryo viloyatidan ham soha fidoyilari davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlandi.
Ishdan boʻshagan fuqarolarga uchinchi oy uchun ham oʻrtacha ish haqi toʻlanadi
Hukumatning 2026 yil 28 sentyabrdagi 519-son qarori bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingan shaxslarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlardan foydalanish tartibi belgilandi.
Ustozlar kuni keng nishonlandi
Navoiy viloyati hokimligida 1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan Prezidentimizning farmoniga koʻra taqdirlangan bir guruh oʻqituvchilarga davlatimizning yuksak mukofotlarini tantanali topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bolalar himoyasi kuchaytiriladi
Parlament quyi palatasining majlisida voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Prokuratura Toshkentda kuchli dorilar sotayotgan shaxsni qoʻlga oldi
Toshkent shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan A.A. fuqaro B.B.ga 50...
«Inson huquqlari sohasida orqaga ketishning oldini olish uchun bor kuch-gʻayratni safarbar etish lozim» — BMT vakili
Geosiyosiy qarama-qarshilik inson huquqlarini himoyalashdagi ilgarilashlarga tahdid solmoqda, dedi BMT qoʻmitasi aʼzosi inson huquqlari boʻyicha Toshkentdagi Samarqand forumida. Ishtirokchilar sudlar mustaqilligi, qiynoqlardan himoya, xalqaro kafolatlar va amaliyot oʻrtasidagi tafovut masalalarini muhokama qildi.
Eron yadroviy shartnomadan chiqishga tayyorlanmoqda (+video)
Eron parlamentida mamlakatning Yadroviy qurollarni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqishi haqida qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda parlament raisi oʻrinbosari Ali Nekzod maʼlum qildi, deya xabar bermoqda "TRT" telekanali.
Ota-onalar nega farzandiga eʼtibor berolmayapti? (+video)
2025 yilda farzandlarini tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha majburiyatlarini bajarmagani uchun 200 mingdan ortiq ota-ona maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Bu koʻrsatkich avvalgi yilga nisbatan 20 foizga koʻp. Ularning qariyb 75 ming nafari esa farzandlari bilan bogʻliq munosabatlarda salbiy xulq-atvor namoyon qilgani uchun javobgarlikka tortilgan.
Pedofillarga uzoq muddatli yoki umrbod qamoq jazosi beriladi
Maʼlumotlarga koʻra, 2022−2025 yillarda Oʻzbekistonda 14 yoshga toʻlmagan shaxslarning nomusiga tegish holatlari boʻyicha 445 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jumladan, 2022 yilda 85 ta, 2023 yilda 108 ta, 2024 yilda 129 ta, 2025 yilda esa 123 ta shunday jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ushbu raqamlar bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olish choralarini yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Jami 5476 tadan 1551–1560 koʻrsatilmoqda