Qonunchilik yangiliklari
Eronda miloddan avvalgi birinchi ming yillikka oid artefakt musodara qilindi
Eron huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari mamlakat gʻarbiy qismidagi Xurramobod shahrida paleolit davridan Islom davrigacha boʻlgan koʻp miqdordagi arxeologik artefaktni topgan.
Davlat tashkilotlarida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti qanday tashkil etiladi?
Prezidentimizning "Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori mazmun-mohiyati va uning ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari (HR) xodimlariga moʻljallangan vebinar oʻtkazildi.
Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik takomillashtiriladi
Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi majlisida soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni takomillashtirish hamda valyuta munosabatlarini yanada liberallashtirishga qaratilgan qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Buldozerda majaqlangan qiz. Isroil amerikalik faolni nega oʻldirgandi?.
2003-yil Gʻazoda isroillik harbiy tomonidan dahshatli qotillik sodir etiladi. Rafahdagi falastinlik oilaga tegishli uyning buzilishiga qarshi chiqqan amerikalik qiz buldozer bilan atayin majaqlab tashlanadi. Qizning ota-onasi Isroilni sudga beradi, biroq tabiiyki, buning foydasi yoʻq edi..
Trend: Oʻzbekiston va Ozarbayjon parlamentlararo aloqani mustahkamlamoqda
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov hamda Ozarbayjonning Toshkentdagi yangi tayinlangan elchisi Rashod Mammadov oʻrtasida muloqot boʻlib oʻtdi. Tomonlar asosiy eʼtibor ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalasiga qaratgan.
Sud Tramp maʼmuriyatiga jurnalistlar akkreditasiyasini tiklashni buyurdi (+video)
AQSh federal sudi Donald Tramp maʼmuriyatini bir necha OAV jurnalistlari uchun Oq uyga kirish huquqini tiklashga majbur qiladi. Ularning akkreditasiyasi Prezident qarori bilan bekor qilingan edi. Sudya Timoti Kelli bu taqiq tegishli huquqiy jarayon kafolatini buzgan, degan xulosaga keldi. Bu haqda “Euronews” xabar tarqatdi.
Andijondagi ustuvor vazifalar, MIB reydlari, BMTdagi nutq, GES-1 muzokaralari, Osiyo oʻyinlari va Millatlar ligasi – Qisqa xabarlar
Bugungi dasturimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mashinasozlikda oʻz texnologiyalarini yaratish boʻyicha belgilangan muhim vazifalar, shuningdek, MIBning Qoraqalpogʻistondagi reydlarida qarzdorligi bor 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgani haqida soʻz yuritamiz.
Kanada Netanyaxu samolyoti oʻz havo hududidan oʻtishini tekshirmoqda
Kanada tashqi ishlar vaziri Anita Anand maʼlum qilishicha, mamlakat rasmiylari Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tomonidan hibsga olishga order berilgan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Nyu-Yorkka parvozi davomida Kanada havo hududidan foydalanish-foydalanmasligi masalasini oʻrganmoqda.
Talabalar ishtirokida profilaktik tadbir oʻtkazildi
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy, xususan, onlayn savdosiga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.
Toshkent shahar hokimining shaxsiy qabulida 60 dan ortiq murojaat koʻrib chiqildi
Toshkent shahar hokimi sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administrasiyasi rahbari qabuliga kirishni soʻrab murojaat qilgan fuqarolarni shaxsan qabul qildi.
Jami 5401 tadan 1801–1810 koʻrsatilmoqda