Qonunchilik

Qonunchilik yangiliklari

11
Avg

Bashar Asad sirtdan oʻlim jazosiga hukm qilindi

Suriyaning Damashqdagi Toʻrtinchi jinoiy sudi sobiq rahbar Bashar Asadni insoniyatga qarshi va urush jinoyatida aybdor deb topdi. Sud uni begunoh aholi, jumladan bolalarni oʻldirishga buyruq berish, qiynoq va noqonuniy qamoq uchun javobgar deya baholadi. Asad sudga kelmagan va sirtdan oʻlim jazosiga hukm qilingan. Uning ukasi Mohir Asad ham shunday jazoga mahkum etildi.

Manba: uza.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Toshkentda tezlikni 210 km/soatgacha oshirgan motosiklchi jarimaga tortildi

Toshkentda tezlik 60 km/soat qilib belgilangan uchastkada 210 km/soat tezlikda harakatlangan motosiklchining shaxsi aniqlandi. Unga nisbatan BHMning 15 baravari — 6,18 mln soʻm miqdorida jarimani nazarda tutuvchi maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Motosikl jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Manba: gazeta.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Bashar Asad oʻlim jazosiga hukm etildi

Suriya sudi sobiq prezident Bashar Asadni oʻlimga hukm qildi, deb xabar beradi SANA. ​U 2024 yil dekabr oyida agʻdarilgan va Rossiyaga qochib ketgan va u yerda boshpana olgandi. Oʻshandan buyon Asad OAV va jamoatchilikdan panada boʻlib kelmoqda. Hozircha hukmning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Manba: xabar.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Ombudsman: murojaatlarni koʻrib chiqish natijasida 12 jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

2026 yil birinchi yarim yilligida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ga kelib tushgan murojaatlar qanday hal qilindi?

Manba: uza.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Ombudsman idorasiga yarim yilda deyarli 10,5 mingta murojaat kelib tushdi

Ombudsman idorasiga birinchi yarim yillikda 10 468 ta murojaat kelib tushdi, bu oʻtgan yilgiga nisbatan qariyb 7 foizga koʻp. Murojaatlarning 28,4 foizi iqtisodiy, 21,8 foizi ijtimoiy, 21,7 foizi esa shaxsiy huquqlarga tegishli. Fuqarolarning murojaatlari boʻyicha 26,849 mlrd soʻm undirilishi belgilandi.

Manba: gazeta.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

«Bolaning manfaati hamisha ham eʼtiborga olinmayapti». Bolalar ombudsmani bilan intervyu

Oʻzbekistonda bolalar turli shakldagi zoʻravonlik, moddiy taʼminoti yoʻqligi va nosogʻlom oilaviy muhitdan aziyat chekmoqda. Bolalar ombudsmani aytishicha, mamlakatda bola manfaatlariga zid pozisiya hamda ijtimoiy normalarga barham berilmas ekan, ularning huquqlari buzilaveradi. Gazeta’da mavzu muhokamasi.

Manba: gazeta.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

2016 yildan buyon 25 339 nafar shaxs Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilindi, 66 mingdan ortigʻining fuqaroligi tan olindi

2016 yildan buyon Oʻzbekiston prezidentining farmonlari bilan 25 339 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs mamlakat fuqaroligiga qabul qilindi. 2020−2026 yillarda esa yana 66 189 nafar shaxsning Oʻzbekiston fuqaroligini tan olish boʻyicha hujjatlari koʻrib chiqilib, ularga ID kartalari rasmiylashtirilgan.

Manba: gazeta.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Verxovnыy sud obʼyasnil snos doma v Denauskom rayone. Video

Manba: podrobno.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

Minglab fuqaro oʻz uyiga roʻyxatga qoʻyilishda muammolarga duch kelmoqda — endi bu tartib soddalashtiriladi

Bugungi kunda fuqarolarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotida ayrim huquqiy noaniqliklar hamda cheklovlar mavjud. Maʼlumotlarga koʻra, ipoteka krediti yoki subsidiya asosida xonadon sotib olgan 20 mingdan ortiq fuqarolar oʻz uylariga roʻyxatga qoʻyilishda muammolarga duch kelishmoqda.

Manba: uza.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish
11
Avg

«Odamlar norozi boʻlmasa, sayyor qabullarga kelmasdi». Oliy sud raisining sayyor qabuli qanday oʻtdi? Reportaj

Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi rahbariyati va boshqa rasmiylar Toshkentdagi «Oʻzekspomarkaz» binosida sayyor qabul oʻtkazdi. Unda aholining 1279 ta murjaati tinglandi, 41 tasi joyida hal boʻldi. Oliy sud raisi Robaxon Mahmudovaning oʻzi 218 nafar murojaatchini qabul qildi. Gazeta reportaji.

Manba: gazeta.uz 11.08.2026
Manbada oʻqish