Qonunchilik yangiliklari
Dlya inostransev planiruyetsya vvesti shtraf za rabotu bez razresheniya
Pri neuplate shtrafa ili v sluchaye povtornogo narusheniya v techeniye goda budet primenyatsya deportasiya.
Myanmada onlayn firibgarlikka majburlaganlik uchun oʻlim jazosiga ruxsat berildi
Myanma parlamenti onlayn firibgarlik markazlarida majburiy mehnatdan foydalanganlik uchun oʻlim jazosigacha boʻlgan jazoni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Shu tariqa hukumat butun dunyodagi jabrlanuvchilarni nishonga oluvchi kengayib borayotgan onlayn firibgarlik sanoatiga qarshi kurashishga urinmoqda.
Toshkentdagi katta savdo markazlarida kitob doʻkonlari tashkil etish majburiy boʻladi
2026 yil 27 iyulda qabul qilingan Prezidentning PQ–279-son qarori bilan Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi. Hujjatga muvofiq, 2031 yil 1 yanvarga qadar poytaxtda bir qator yangi mexanizmlar eksperiment tariqasida joriy etiladi. Qarorga koʻra, maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan...
Imtiyozli kredit uchun salkam yarim mln dollar talab qilganlar ushlandi
3,5 mln dollarlik kredit uchun 420 ming dollar talab qilganlar ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda kredit ajratish bilan bogʻliq noqonuniy holat fosh etildi. Jumladan, xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filiali bank...
Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 411-son. Qabul qilingan sana 29.07.2026. Kuchga kirish sanasi 30.07.2026
Oliy sud va Yoshlar ishlari agentligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda sud tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning 42 foizini (1 905 nafar) aynan yoshlar tashkil etadi.
“Salomatlik marafoni”ga start berildi
Sirdaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etishga qaratilgan “Salomatlik marafoni”ga tantanali start berildi. Guliston shahrida boshlangan ommaviy tadbir tibbiy profilaktikani kuchaytirish, aholiga sifatli tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish hamda jamoatchilik oʻrtasida sogʻlom hayot tarzi madaniyatini qaror toptirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni oʻzida mujassam etdi.
Kadarstr sohasidagi oʻzgarishlar muhokama qilindi
Poytaxtimizda Davlat kadastrlari palatasi toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 937-sonli qonuni ijrosi bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
1 avgustdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi?
Jarima maydonchasidan avtomobilni olib chiqish uchun QR kodli ruxsatnoma joriy etiladi, sanoat va yadro xavfsizligi qoidalari buzilishi haqida xabar berganlar mukofotlanadi, eskirgan avtotransportni topshirganlarga avtokreditning bir qismi qoplanadi — 1 avgustdan kuchga kiradigan oʻzgarishlar Gazeta sharhida.
Davaktiv, IIV hamda DXXning sobiq amaldorlariga oid «ish»lar yopiq sud majlislarida koʻrilayotgani aytildi
Jamoatchilik eʼtiborida boʻlgan Davaktiv, IIV hamda DXXning sobiq amaldorlariga oid «ish»lar Toshkent shahar sudlarida koʻrilmoqda. Maʼlum qilinishicha, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining «a,v,g» bandlari, 205-moddasi 2-qismining «a,b» bandlari va boshqa moddalari bilan ayb eʼlon qilingan B. Abdullayev (Ichki ishlar vazirining sobiq oʻrinbosari) va...
Jami 4946 tadan 4281–4290 koʻrsatilmoqda