Qonunchilik yangiliklari
Ekologik nazoratdagi kamchiliklar uchun besh nafar hududiy rahbar lavozimidan ozod etildi
Ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, atrof-muhit muhofazasi ustidan nazoratni kuchaytirish va fuqarolar murojaatlariga oʻz vaqtida munosabat bildirish masalalari masʼullardan qatʼiy talabchanlikni taqozo etadi.
Davaktiv direktori Paynet kompaniyasining xususiylashtirilishi boʻyicha izoh berdi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov Paynet’dagi davlat ulushi ochiq savdolarsiz xususiylashtirilganiga izoh berdi. Uning aytishicha, kompaniya masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlgani sababli ulush boshqa taʼsischilarning ustuvor sotib olish huquqi asosida realizatsiya qilingan. Biroq dastlab 100 foiz davlat ulushini raqobatli savdoga chiqarish rejalashtirilgandi..
BAA prokuraturasi: Flydubai piloti samolyotni aeroport terminaliga urishni rejalashtirgan.
Dubaydan Tel-Avivga uchgan Flydubai samolyotining ikkinchi uchuvchisi laynerni Ben-Gurion aeroportining yoʻlovchilar terminaliga urishni rejalashtirgan. Bu haqda BAA bosh prokurori Hamad Saif Al-Shamsi tergov maʼlumotlariga tayanib bildirdi..
Oʻqish bahonasida Turkiyaga olib borilgan 17 yoshli oʻzbekistonlik zoʻravonlikdan soʻng vatanga qaytarildi.
Turkiyaga oʻqish bahonasida olib borilgan 17 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi majburiy nikohga undash, jismoniy zoʻravonlik va majburiy mehnat holatlariga duch kelganini bildirib, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilgan. Unga huquqiy yordam koʻrsatilib, Oʻzbekistonga qaytarilgan..
«Davlat pul tikmasa oʻzbek futboli oʻladi» - Oʻtkir Yusupov bilan suhbat.
Milliy jamoa darvozaboni Oʻtkir Yusupov Eron klubidan ketish uchun 105 ming dollarlik maoshidan voz kechgani, «Navbahor»ga qaytish qarori va superligadagi moliyaviy muammolar haqida gapirdi. U Fabio Kannavaro nega uni milliy jamoaning soʻnggi yigʻiniga chaqirmaganini shaxsan tushuntirgani, mundialdagi muvaffaqiyatsizlik sabablari va Ignatiy Nesterov bilan raqobat haqidagi savollarga javob berdi..
Oʻzbekistonda banklar kredit toʻlovidan keyin kartada kamida 680 ming soʻm qoldirishi shart boʻladi
Markaziy bank kredit va kafillik toʻlovlari uchun mijozning roziligisiz bank kartasidan pul yechilganda, hisobvaraqlarda eng kam ish haqi miqdorining yarmini saqlab qolish talabini kiritdi. Qaror 2027 yil 10 yanvardan kuchga kiradi.
Rim statutiga aʼzo davlatlar AQShning XJSga qarshi sanksiyalarini qoraladi
Rim statutiga aʼzo davlatlar AQShning Xalqaro jinoyat sudiga nisbatan sanksiyasini qoraladi. Sakkiz davlat — Kanada, Daniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari qoʻshma bayonot berib, Xalqaro jinoyat sudi (XJS) mustaqilligi hamda daxlsizligini toʻliq qoʻllab-quvvatlashlarini maʼlum qildi. Diplomatlar Vashingtonning...
«Bu - urushga investitsiya»: Zelenskiy Trampning Rossiya dizeli boʻyicha qarorini tanqid qildi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQShning Rossiya dizel yonilgʻisini jahon bozoriga yetkazib berishga ruxsat berish qarorini «urushga investitsiya» deb atadi. U Vashingtonni sanksiyalarni yumshatish oʻrniga Moskvaga bosimni kuchaytirishga chaqirdi..
Fermerlar kengashi Piskent hokimining harakati yuzasidan prokuraturaga murojaat qildi.
Fermerlar kengashi fermerlarga “jonini sugʻurib olishi”ni aytgan Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovning harakatiga huquqiy baho berishni soʻrab prokuraturaga murojaat kiritdi. Biznes-ombudsman ham holat nazoratga olinganini, huquqiy baho berilishini bildirdi..
Huquqiy bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori
Termizda “Yoshlar va qonun” huquqiy tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Jami 5061 tadan 691–700 koʻrsatilmoqda