Қонунчилик янгиликлари
Davaktiv direktori Paynet kompaniyasining xususiylashtirilishi boʻyicha izoh berdi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov Paynet’dagi davlat ulushi ochiq savdolarsiz xususiylashtirilganiga izoh berdi. Uning aytishicha, kompaniya masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlgani sababli ulush boshqa taʼsischilarning ustuvor sotib olish huquqi asosida realizatsiya qilingan. Biroq dastlab 100 foiz davlat ulushini raqobatli savdoga chiqarish rejalashtirilgandi..
BAA prokuraturasi: Flydubai piloti samolyotni aeroport terminaliga urishni rejalashtirgan.
Dubaydan Tel-Avivga uchgan Flydubai samolyotining ikkinchi uchuvchisi laynerni Ben-Gurion aeroportining yoʻlovchilar terminaliga urishni rejalashtirgan. Bu haqda BAA bosh prokurori Hamad Saif Al-Shamsi tergov maʼlumotlariga tayanib bildirdi..
Oʻqish bahonasida Turkiyaga olib borilgan 17 yoshli oʻzbekistonlik zoʻravonlikdan soʻng vatanga qaytarildi.
Turkiyaga oʻqish bahonasida olib borilgan 17 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi majburiy nikohga undash, jismoniy zoʻravonlik va majburiy mehnat holatlariga duch kelganini bildirib, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilgan. Unga huquqiy yordam koʻrsatilib, Oʻzbekistonga qaytarilgan..
«Davlat pul tikmasa oʻzbek futboli oʻladi» - Oʻtkir Yusupov bilan suhbat.
Milliy jamoa darvozaboni Oʻtkir Yusupov Eron klubidan ketish uchun 105 ming dollarlik maoshidan voz kechgani, «Navbahor»ga qaytish qarori va superligadagi moliyaviy muammolar haqida gapirdi. U Fabio Kannavaro nega uni milliy jamoaning soʻnggi yigʻiniga chaqirmaganini shaxsan tushuntirgani, mundialdagi muvaffaqiyatsizlik sabablari va Ignatiy Nesterov bilan raqobat haqidagi savollarga javob berdi..
Ўзбекистонда банклар кредит тўловидан кейин картада камида 680 минг сўм қолдириши шарт бўлади
Марказий банк кредит ва кафиллик тўловлари учун мижознинг розилигисиз банк картасидан пул ечилганда, ҳисобварақларда энг кам иш ҳақи миқдорининг ярмини сақлаб қолиш талабини киритди. Қарор 2027 йил 10 январдан кучга киради.
Рим статутига аъзо давлатлар АҚШнинг ХЖСга қарши санкцияларини қоралади
Рим статутига аъзо давлатлар АҚШнинг Халқаро жиноят судига нисбатан санкциясини қоралади. Саккиз давлат — Канада, Дания, Германия, Франция, Италия, Япония, Нидерландия ва Буюк Британия ташқи ишлар вазирлари қўшма баёнот бериб, Халқаро жиноят суди (ХЖС) мустақиллиги ҳамда дахлсизлигини тўлиқ қўллаб-қувватлашларини маълум қилди. Дипломатлар Вашингтоннинг...
«Bu - urushga investitsiya»: Zelenskiy Trampning Rossiya dizeli boʻyicha qarorini tanqid qildi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQShning Rossiya dizel yonilgʻisini jahon bozoriga yetkazib berishga ruxsat berish qarorini «urushga investitsiya» deb atadi. U Vashingtonni sanksiyalarni yumshatish oʻrniga Moskvaga bosimni kuchaytirishga chaqirdi..
Fermerlar kengashi Piskent hokimining harakati yuzasidan prokuraturaga murojaat qildi.
Fermerlar kengashi fermerlarga “jonini sugʻurib olishi”ni aytgan Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovning harakatiga huquqiy baho berishni soʻrab prokuraturaga murojaat kiritdi. Biznes-ombudsman ham holat nazoratga olinganini, huquqiy baho berilishini bildirdi..
Ҳуқуқий билимли ёшлар – келажак бунёдкори
Термизда “Ёшлар ва қонун” ҳуқуқий танловининг Сурхондарё вилоят босқичи бўлиб ўтди.
Зеленский сиёсий сирни нега ошкор қилди?
Украина Президенти Владимир Зеленский Шимолий Кореялик икки ҳарбий асир Сеулга топширилганини ошкор қилгандан кейин Жанубий Корея Киевдаги элчисини чақириб олишга қарор қилди. Дипломатик келишмовчиликка қарамай, Украина томони музокара орқали вазиятни юмшатишга тайёрлигини билдирган.
Жами 5060 тадан 691–700 кўрсатилмоқда