Қонунчилик янгиликлари
Давлат активларини хусусийлаштиришда янги механизм нимани ўзгартиради?
Мамлакатимизда иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусий сектор улушини кенгайтириш жараёни янги босқичга чиқмоқда. Давлатимиз раҳбарининг 2026 йил 28 августдаги тегишли фармони билан давлат активларини хусусийлаштиришни жадаллаштириш ва инвесторлар учун қулай шарт-шароитларни кенгайтиришга қаратилган янги механизмлар белгиланди.
Jizzaxda 10 yoshli bolani zoʻrlagan erkak protsessual harakatlardan soʻng oʻz joniga qasd qildi.
Jizzax shahrida erkak 2016-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etgani aniqlangan. Holat haqida jabrlanuvchining yaqin qarindoshi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Hozirda tafsilotlar oʻrganilmoqda..
“64 oʻzbekdan uch kishi tirik qoldik” – Rossiya armiyasiga yollangan erkak hikoyasi.
Kitoblik 38 yoshli erkak Moskva shahrida “zakladchik” boʻlib ishlagan va narkojinoyatda ayblanib, 7 yilga qamalgan. Jazoni oʻtash davrida unga Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarshi urushda qatnashish taklif qilingan. Erkak sudda harbiy poligonga yuborilgan 64 nafar oʻzbekdan faqat uch kishi qochib tirik qolganini, qolgan barchasi oʻlib ketganini aytgan..
Vaqtincha saqlash hibsxonalariga kimlar toʻsiqsiz kira oladi? Qoidalarni oʻzgartirish taklif etilmoqda.
Oʻzbekistonda vaqtincha saqlash hibsxonalariga moneliksiz kirish huquqiga ega shaxslar roʻyxatini kengaytirish taklif etilmoqda. Ichki tartib qoidalarida Ombudsman oʻrinbosari, mintaqaviy vakillari va Bolalar ombudsmanining ushbu huquqini alohida belgilash nazarda tutilgan..
Урганчда 10 ёшли боланинг ўлимига сабабчи бўлган ҳайдовчи 5 йилга қамалди. Боланинг отаси ҳукмдан норози
2026 йил Урганчда BYD пиёдалар ўтиш жойида 10 ёшли болани уриб юбориб, ўлимига сабабчи бўлганди. Суд ҳайдовчига 5 йил озодликдан маҳрум қилиш жазосини тайинлади. Боланинг отаси ҳодисага пойга сабаб бўлганини айтиб, оғирроқ жазо ва ҳодисанинг бошқа иштирокчиси ҳам тергов қилинишини сўрамоқда.
Rossiya qamogʻidagi jurnalist ayollar Politkovskaya mukofotiga sazovor boʻldi.
Anna Politkovskaya nomidagi 2026-yilgi mukofot Rossiyada va u egallab olgan hududlarda qamoqda saqlanayotgan ukrainalik hamda rossiyalik jurnalist ayollarga berildi. RAW in WAR xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti ularning urush va inson huquqlari buzilishini yoritishdagi jasoratini eʼtirof etdi..
Банк ходими 100 минг доллар пора олаётганда ушланди
Тошкент вилоятида банк ходими 100 минг доллар олган вақтида ушланди. Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент билан ҳамкорликда тезкор тадбир ўтказилган. Унда нуфузли банкларидан бирининг ушбу вилоятдаги минтақавий маркази Маҳаллабай ва давлат...
Interpol qidiruvidagi olti nafar oʻzbekistonlik BAAdan qaytarildi.
Birlashgan Arab Amirliklaridan xalqaro qidiruvda boʻlgan olti nafar Oʻzbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilindi. Ular turli ogʻirlikdagi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, Interpol kanallari orqali qidirilayotgan boʻlgan..
Pedofilning belgilari: Uni oldindan tanish mumkinmi?.
Pedofiliya bilan bogʻliq har bir jinoyatdan keyin jamiyat larzaga keladi. Jabrlangan bolaning taqdiri, ruhiyati va kelajagi haqida gapiramiz, jinoyatchi jazolanishini talab qilamiz. Ammo jinoyat sodir boʻlishidan oldin bolani himoya qilish, xavfni payqash va uning oldini olish haqida qanchalik oʻylaymiz? Pedofil kim? Uni qanday tanib olamiz? Kun.uz klinik psixologlar bilan shu mavzu atrofida suhbatlashdik.
Наманганда ишламаган боғчаларга 1,3 млрд сўм субсидия ажратилиб, маблағлар талон-торож қилингани аниқланди
Наманган вилояти Учқўрғон туманида мактабгача ва мактаб таълими бўлими масъул шахслари фаолият юритмаган боғчалар учун сохта маълумотлар асосида 1,3 млрд сўм субсидия олиб, бюджет маблағларини талон-торож қилгани аниқланди. Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, тергов олиб борилмоқда.
Жами 5531 тадан 1361–1370 кўрсатилмоқда